Namanganda öqituvçilardan pul yiğib berişlari kerakligini aytgan maktab direktoriga çora köriladi

Namanganda öqituvçilardan pul yiğib berişlari kerakligini aytgan maktab direktoriga çora köriladi

Namangan şahridagi maktablardan birining direktori bu yerga kelib-ketuvçilar uçun xarajat qilganini taʼkidlab, öqituvçilar pul yiğib berişlari kerakligini aytgandi. Mazkur holat yuzasidan Namangan viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi mutasaddilari munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, taʼlim muassasasi — Namangan şahridagi 38-umumtaʼlim maktabida Xalq taʼlimi vazirligining nazorat- huquqiy inspektsiyasi vakillari va viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi masʼul xodimlari tomonidan örganiş olib borilgan.

Maktab öqituvçilari bilan ötkazilgan suhbat jarayonida videolavhada keltirilgan gaplar haqiqatan maktab direktori tomonidan aytilgani, biroq pedagog-xodimlardan pul mablağlari yiğilmagani maʼlum böldi.

«Maktab direktori Abdulahad Rahimovdan tuşuntiriş xati olinib, öz işiga nisbatan masʼuliyatsiz va layoqatsizlik, sovuqqonlik bilan yondaşgani uçun mehnat taʼtili davri tugaganidan söng unga nisbatan qonunda belgilangan tartibda intizomiy jazo çorasi qöllanilişi bildiriladi», — deyiladi munosabatda.

Namangan viloyat xalq taʼlimi boşqarmasi mutasaddilari maktablarda noqonuniy pul yiğiş va boşqa har qanday turdagi majburlovlarga qarşi ekanliklari va bunga yöl qöyilmasligini taʼkidlagan.

×