YPX xodimi tanişiga çora körmasdan qöyib yubordi

YPX xodimi tanişiga çora körmasdan qöyib yubordi

Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimi Matiz rusumli avtomobilni töxtatib, keyin haydovçi bilan suhbatda “özimizning yigit-ku bu, böldi ketavering”, deb qöyvorgani aks etgan videolavha tarqaldi. Içki işlar vazirligi Yöl harakati xavfsizligi Boş boşqarmasi holat böyiça izoh berdi. 

Qayd etilişiça, joriy yilning 10 sentyabr kuni Toşkent şahar Mirzo Uluğbek tumanida YPX xodimi O.Şokirjonov tomonidan Matiz rusumli avtomobil töxtatilgan. YPX xodimi haydovçiga boşqaruv vaqtida xavfsizlik kamaridan foydalanmagani hamda yöl çiziğining talabiga rioya qilmaganini aytgan.

Özaro muloqot vaqtida jarayonga YPX xodimi Ş.Nuraliyev aralaşgan va haydovçiga örnatilgan tartibda çora körmasdan ketişiga ruxsat bergan.

Xabarga köra, hozirda mazkur holat yuzasidan Toşkent şahar IIBB YHXB tomonidan xizmat tekşiruvi ötkazilmoqda.

×