Prezident Şavkat Mirziyoyev tarmoq va hudud rahbarlari belgilangan vazifalarning töliq va sifatli ijrosi uçun masʼuliyatini kuçaytirişi lozimligi, sustkaşlikka yöl qöygan rahbarlarga qatʼiy çora körilişini taʼkidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Prezident huzurida ötkazilgan qayta tiklanuvçi energiya manbalarini köpaytiriş böyiça ustuvor vazifalarga bağişlangan yiğilişda erişilgan natijalar bilan bir qatorda mavjud imkoniyatlar barça hududlarda ham töliq işga solinmagani tanqid qilingan. Bu borada 2024 yil uçun dastlabki rejalar yetarli emasligi qayd etildi. Mutasaddilar ötgan yildan saboq çiqarib, bu yönalişda ikki karra köp işlaşi va aniq natija körsatişi kerakligi aytilgan.
Tahlillarga köra, mamlakatda quyoş va şamol energiyasi salohiyati elektrga bölgan hozirgi ehtiyojni 10-12 barobar ortiği bilan qoplaşga yetarli ekani taʼkidlandi.
"Ayni paytda “Yaşil energiya” manbalarini barpo qiliş böyiça Özbekistonda katta dasturlar boşlandi. Bugungi kunga qadar sohaga 2,1 milliard dollar töğridan-töğri xorijiy investitsiya kirib keldi, yana 13 milliard dollarlik loyihalar amalga oşirilmoqda. Özbekistonda 2024 yilda elektr işlab çiqarişda “yaşil energiya” uluşi 15 foizga yetişi kutilmoqda", deyiladi xabarda.
Maʼlum qilinişiça, prezident joriy yildan boşlab yirik “yaşil energiya” quvvatlarini barpo etiş böyiça uç yillik dasturni amalga oşirişga ötilişini taʼkidlagan. Sababi, energetika tizimining barqarorligini taʼminlaş uçun yangi quvvatlarga mos tarmoqlarni quriş, elektr saqlaş qurilmalarini örnatiş, zarur materiallarni işlab çiqarişni reja qilib, hozirdan boşlaş kerak.
Şuning uçun aholi va iqtisodiyot tarmoqlari talabidan kelib çiqib, kelgusi uç yilda 8 gigavattli 28 ta yirik quyoş va şamol elektr stantsiyalarini işga tuşiriş, 944 kilometr yuqori kuçlanişli elektr tarmoqlari va 6 ta yirik podstantsiyani quriş, jami 2,2 gigavatt bölgan 18 ta elektr saqlaş quvvatlarini örnatiş möljallanmoqda.
Sarvar Xurramov









