Toşkent şahar Içki işlar boş boşqarmasi 18 oktyabr kuni "Lasetti" urib ketgan YPX inspektori - leytenant Murod Dadamuhammedovni tasvirga olib, Internet tarmoğiga joylaştirgan "operator"ga nisbatan qonuniy çora körilişini maʼlum qildi.
Eslatib ötamiz, kuni keça Şayhontohur tumanidagi Abay va Abdulla Qodiriy köçalari kesişmasida "Lasetti" rusumli avtomobilni boşqarayotgan 25 yoşli Anvar R. yöl harakatini tartibga solib turgan YPX inspektori - Dadamuhammedovni urib yuborgan.
Toşkent şahar IIBB boşliği general-mayor Rustam Jörayev YPX inspektorini davolovçi şifokor bilan uçraşgan, Dadamuhammedovning holati qoniqarliligi aytilmoqda.
"General-mayor YPX inspektoriga tezroq şifo topişini tilab, Toşkent şahar IIBB rahbariyati va şaxsiy tarkibi xodim va uning oilasiga har qanday yordam berişga tayyorligini bildirdi", - deyiladi xabarda.
Xodimni urib yuborgan haydovçi ham şifoxonaga borgan, u bölib ötgan hodisadan afsusda.
IIBB şu bilan birga, YTH joyida tuşirilib, internet tarmoğiga çiqarilgan video YPX inspetkorini ğazabini keltirganini maʼlum qilgan. Leytenant IIBB boşliği nomiga videoni ruxsatsiz internetga joylagan şaxsga nisbatan çora körilişini sörab, raport topşirgan.
"Haqiqatdan ham havaskor-videooperatorning harakatlarini insoniylik nuqtai nazaridan tuşuniş qiyin. Toşkent şahar IIBB boşliği tomonidan öz xavfsizlik xizmati xodimlariga "mobil operatori"ni şaxsini aniqlaş va unga nisbatan qonuniy çora köriş böyiça topşiriq berildi", - deyilgan xabarda.
Uşbu fakt böyiça töplangan faktlar prokuratura organlariga taqdim etilişi maʼlum qilingan.









