Avvalroq, Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortiqxöjayevning jurnalistlarga tahdid qilgani audiosi tarqalgan edi.
Özbekiston Respublikasi Boş prokuratura uşbu vaziyatga va nihoyat, rasmiy izoh berdi:
"Joriy yilning 16 noyabr kuni Internet naşrlarida Toşkent şahar hokimi, senator Jahongir Ortikhöjayevga tegişli hamda haqorat, tahdid mazmunidagi audioyozuv tarqaldi.
Mazkur holat ommaviy axborot vositalari, blogerlar, siyosiy partiyalar, eng açinarlisi, ayrim xorijiy ekspertlar hamda xalqaro taşkilotlarning keskin tanqidiy muhokamalariga sabab böldi.
Boş prokuratura tomonidan mazkur holatga huquqiy baho beriş maqsadida JPKning 329-moddasiga asosan tergovga qadar tekşiruv ötkazildi.
Aniqlanişiça, joriy yilning 14 avgust kuni “Kun.uz” tahririyatiga “Xiva stroy” MÇJ rahbarining bajarilgan quriliş işlari uçun buyurtmaçidan pul undirişga oid murojaatini örganiş maqsadida mazkur tahririyat muxbiri R.Isroilov va operatori Ş.Egamberdiyevlar Olmazor tuman hokimligiga borişgan.
Tuman hokimi örinbosari A.Vaxabov davlat xizmatçisi böla turib, tegişli odob-axloq qoidalariga zid ravişda R.Isroilovga tuşuntiriş berişdan boş tortgan, ular bilan qöpol munosabatda bölgan hamda operatorning videotasvirga olişiga qarşilik körsatgan.
Mazkur voqeaning ertasiga “Kun.uz” tahririyati uşbu videolavhani öz saytida eʼlon qilgan va bu keng muhokamalarga sabab bölgan.
Şu kuni keçqurun Toşkent şahar hokimi Jahongir Ortikhöjayevning vaziyatni yumşatiş va murosaga keliş töğrisidagi topşiriğiga asosan şahar hokimligining Axborot xizmati rahbari L.Sabirova, tuman hokimi örinbosari A.Vaxabovlar tahririyat vakillari B.Axmedov, R.Isroilov va Ş.Egamberdiyevlar bilan şahar hokimligi binosida uçraşişgan.
Unda A.Vaxabov nojöya harakatlarga yöl qöyganligini tan olgan va tahririyat xodimlaridan uzr söragan. Biroq, bu holat tahririyat xodimlarini qoniqtirmagan.
Uçraşuv yakun topgaç, muloqot iştirokçilari binoning yölagida Jahongir Ortikhöjayevga tasodifan duç kelişadi. L.Sabirova Jahongir Ortikhöjayevga bölib ötgan suhbat haqida maʼlumot berib, “Kun.uz” xodimlari A.Vaxabovning uzridan qanoatlanmaganligini bayon qilgan.
Şunda Jahongir Ortikhöjayev ular bilan muloqotda muomala madaniyatidan çetga çiqqan holda, internet naşrlariga nisbatan özining salbiy munosabatini ifodalab, göyoki ularni şarmandali vaziyatlarga tuşiriş imkoniyatiga egaligini, lekin u bunday tarbiyalanmaganligi va buni xohlamasligini bildirgan.
Uşbu jarayonni “Kun.uz” muxbiri B.Axmedov “Jurnalistlik faoliyatini himoya qiliş töğrisida”gi Qonun talablariga zid ravişda, uçraşuv iştirokçilarini ogohlantirmasdan telefoniga hufyona yozib olgan va tahririyatga taqdim etgan.
Öz navbatida, tahririyat tomonidan noqonuniy yöl bilan olingan axborot yöq qilinmagan. Oqibatda 2019 yil 16 noyabrda hokim Jahongir Ortikhöjayevni obrösizlantiriş maqsadida audioyozuvning nojöya sözlardan iborat bir yarim daqiqalik qismi (uçraşuv ikki soat davom etgan) montaj qilinib, nomaʼlum şaxs tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan.
Bu holat öz navbatida ommaviy axborot vositalarida keng muhokama bölişiga sabab bölgan.
“Kun.uz” tahririyati öz aybini anglagan holda, haqiqiy holatni maʼlum qiliş uçun audioyozuvning Jahongir Ortikhöjayevga tegişli qismini töliq eʼlon qilgan.
Tergov oldi tekşiruvida aniqlanişiça, Jahongir Ortikhöjayev davlat hokimiyati va boşqaruvi organi mansabdor şaxsi böla turib, davlat xizmatçisining odob-axloq qoidalariga rioya qilmasdan, haqoratli va qöpol sözlarni işlatgan.
Biroq, uning nojöya sözlari umumiy tarzda aytilgani, muayyan şaxsga qaratilmaganligi, real tahdid yöqligi bois, Jahongir Ortikhöjayevning harakatlarida jinoyat alomatlari mavjud emas.
Şu sababli JPKning 83-moddasi 2-qismiga asosan jinoyat işi qözğatişni rad qiliş haqida qaror qabul qilindi.
Şuningdek, “Kun.uz” tahririyati xodimlari Jahongir Ortikhöjayevga nisbatan daʼvo yoki eʼtirozlari yöqligini bayon qilişdi.
Lekin Jahongir Ortikhöjayev Vazirlar Mahkamasining 2016 yil 2 martdagi 62-son qarori bilan tasdiqlangan “Davlat boşqaruvi organlari va mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari xodimlarining odob-axloq namunaviy qoidalari”ni buzganligini inobatga olib, uning intizomiy javobgarligi masalasini körib çiqiş uçun Hukumatga murojaat qilindi.
Şuningdek, tahririyatning mazkur voqealardagi iştiroki yuzasidan tegişli munosabat bildiriş uçun vakolatli organ Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga xat yuborildi."
Şuningdek, Sof.uz sayti Kun.Uz va Jahongir Ortiqxöjayev mojarosida voqealar silsilasi töliq yoritib bergan edi.









