Şavkat Mirziyoyev islohotlar real hayotda öz aksini topmayotganini keskin tanqid qildi

Şavkat Mirziyoyev islohotlar real hayotda öz aksini topmayotganini keskin tanqid qildi

Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 2 dekabr kuni 2020 yilda ustuvor yönalişlar böyiça islohotlarni jadallaştiriş, bu boradagi maqsadli parametrlarni belgilaş va taʼminlaş masalalariga bağişlangan yiğiliş ötkazdi.

Jahon bozorida raqobat tobora kuçayib borayotgan bugungi kunda iqtisodiy barqarorlikni taʼminlaş va uning raqobatbardoşligini oşiriş – eng ustuvor vazifa, zamon bilan hamnafas bölişning muhim şarti ekani taʼkidlandi.

Bu masala davlatimiz rahbarining doimiy eʼtiborida bölib kelmoqda. Iqtisodiyotni liberallaştiriş, teng raqobat muhitini şakllantiriş, mahalliylaştirişni kengaytiriş, energiya tejamkorligini oşiriş kabi muhim yönalişlar böyiça önlab farmon va qarorlar qabul qilinib, biznes subʼektlariga zarur şaroitlar yaratildi.

Lekin islohotlar real hayotda öz aksini yetarli darajada topmayapti. Yiğilişda turli sohalarda yöl qöyilayotgan kamçiliklar körsatib ötildi, tegişli rahbarlarning faoliyati keskin tanqid ostiga olindi.

Masalan, energetika tizimidagi yöqotişlarni keskin kamaytiriş, sotilgan elektr quvvatining hisobini töğri yuritiş va debitor qarzdorlikni qisqartiriş işlari yetarli darajada olib borilmayapti.

Davlatimiz rahbari taʼkidlanidek, tabiiy gazni qazib oliş, transportirovka qiliş va taqsimlaşda haqqoniy hisobga oliş tizimi mavjud emas. Ayniqsa, gaz va elektr energiyasi taʼminotidagi uzilişlar odamlarimizning haqli eʼtirozlariga sabab bölmoqda.

Sönggi 3 yilda kadastr sohasini isloh qiliş böyiça ham qabul qilingan 10 taga yaqin qaror haligaça töliq işlab ketgani yöq. Masalan, yer ajratişning onlayn auktsion tizimi hanuzgaça joriy etilgani yöq, kadastr maʼlumotlarini raqamlaştiriş işlari yakunlanmagan. Hozirga qadar yerga bölgan huquqning yangi şakli va uni berişning oçiq-oşkora mexanizmlari işlab çiqilmadi.

Quriliş sohasida bugungi kunga qadar eski standart va meʼyorlar saqlanib qolmoqda, dedi davlatimiz rahbari. Yangi innovatsion yeçimlar va loyihalar ustida işlovçi mutaxassislar tayyorlaşga umuman eʼtibor berilmayapti.

Loyiha-smeta hujjatlarini ekspertizadan ötkaziş, qurilişga ruxsatnomalar beriş va kelişiş jarayonlari qoğoz şaklida amalga oşmoqda. Mutasaddi taşkilotlarda özaro elektron hamkorlik yölga qöyilmagan.

Yiğilişda transport sohasidagi muammolarga ham eʼtibor qaratildi. Misol uçun, yuk taşiş tariflarining yuqoriligi bois mahsulotlar tannarxi balandligiça qolyapti. Aholiga qulay va arzon transport xizmatlari körsatiş talab darajasida emas.

Xalqaro taʼlim standartlarini joriy etişga yetarli eʼtibor qaratilmayotgani ham körsatib ötildi. Prezident taʼkidlanidek, professor-öqituvçilar malakasini baholaş mezonlari zamon talablariga mos kelmaydi.

Bunday nuqsonlarni bank-moliya, soliq, raqamli iqtisodiyot, korruptsiyaga qarşi kuraş kabi boşqa sohalarda ham kuzatiş mumkin.

Jahon bankining xulosasiga köra, iqtisodiyotimizda davlat uluşi hanuzgaça yuqoriligiça qolmoqda va bugungi kunda 50-55 foizni taşkil etadi.

Şu munosabat bilan, sönggi uç yilda qabul qilingan qarorlar ijrosini tanqidiy baholaş orqali «oqsayotgan» 13 ta muhim yönalişda tizimli muammolarni aniqlaş va ularni bartaraf etiş böyiça taʼsirçan çoralarni işlab çiqişga masʼul bölgan işçi guruhlar tuzildi.

Davlatimiz rahbari uşbu işçi guruhlar tomonidan joriy yil 20 dekabrgaça amalga oşirilişi zarur bölgan çora-tadbirlarni belgilab berdi.

Avvalo, körsatilgan har bir tarmoq böyiça sönggi uç yilda qabul qilingan hujjatlarni töliq xatlovdan ötkazib, ularning hayotga joriy etiliş holatini tanqidiy örganiş kerakligi taʼkidlandi. Çunki ayrim qarorlarda örnatilgan tartiblar amalda qöllanilmayapti. Masalan, Jahon banki ekspertlarining fikriça, Özbekistonda tadbirkorlik sohasidagi 97 islohotdan 24 tasi töliq joriy etilgan.

Prezident Şavkat Mirziyoyev qarorlarda belgilangan maqsadli körsatkiçlarga erişiş holatini tanqidiy tahlil qiliş, bunga tösqinlik qilayotgan muammolarni aniqlab, ularni har bir soha, yönaliş va hudud kesimida hal etiş böyiça topşiriqlar berdi.

Mutasaddilarga 2020 yilda amalga oşiriladigan çora-tadbirlar, ularning masʼul ijroçilari, aniq muddatlari va moliyalaştiriş manbalarini körsatgan «yöl xaritasi» işlab çiqiş vazifasi qöyildi. Bu hujjatlarda har bir tarmoq va hudud böyiça qilinadigan işlar hamda kelgusi yili erişiladigan marralar öz aksini topadi.

Islohotlarni jadallaştiriş va «yöl xaritalari» ijrosini sifatli taʼminlaş maqsadida har bir yönaliş böyiça «loyiha ofislari» taşkil etiş zarurligi taʼkidlandi. Bunday tuzilmalarning asosiy vazifasi muayyan çora-tadbir böyiça aniq mexanizmlarni işlab çiqiş va ularni amaliyotga tatbiq etişdan iborat böladi.

Belgilanayotgan işlar ijrosini sifatli taşkil etişga keng jamoatçilik, tadbirkorlar, xalqaro moliya institutlari mutaxassislari, xorijiy ekspertlarni jalb qiliş maqsadga muvofiqligi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari işlab çiqariş xarajatlarini va mahsulot tannarxini kamaytiriş, şu orqali raqobatbardoşligini oşiriş 2020 yilgi eng ustuvor vazifa bölişi kerakligini taʼkidladi.

Tarmoqlar rahbarlari asosiy eʼtiborni investitsiyalarning samaradorligiga qaratişi muhimligi körsatib ötildi.

Islohotlar ijrosi sözsiz taʼminlanişi uçun şunday nazorat tizimi belgilandiki, unga muvofiq, Özbekiston Boş vaziri har ikki haftada işçi guruhlar tomonidan bajarilgan işlar, aniqlangan muammolar va ularning yeçimi yuzasidan işlab çiqilgan takliflarni muhokama qilib boradi. Masʼul soha rahbari har oy aniq bir hudud misolida bajarilgan işlar va ularning natijalari yuzasidan Vazirlar Mahkamasida taqdimot ötkazadi. Maqsadli indikatorlarni taʼminlamagan rahbarning şaxsiy javobgarligi körib çiqiladi.

Yiğilişda muhokama qilingan masalalar böyiça işçi guruhlar rahbarlari va ularga biriktirilgan masʼullarning axboroti tinglandi.

×