Boş prokuratura: «EQUINOX sotib olingan, TRAILBLAZER emas»

Boş prokuratura: «EQUINOX sotib olingan, TRAILBLAZER emas»

«Zafarbek Solijonov» telegram kanalida Davlat xaridlari portalining maʼlumotiga asosan 2020 yil davomida Boş prokuratura «UzAuto Motors»dan LACETTI, EQUINOX hamda TRAILBLAZER avtomaşinalarini sotib olganligi haqida xabar tarqatilgandi.

Boş prokuratura matbuot xizmati uşbu xabarga munosabat bildirdi.

Qayd etilişiça, mamlakatimizda koronavirus pandemiyasi tufayli xarajatlar çeklovlari kiritilişiga qadar Boş prokuratura tomonidan «UzAutoMotors» AJdan LACETTI hamda EQUINOX rusumli avtomaşinalari sotib olingan. Biroq, TRAILBLAZER rusumli avtomaşina xarid qilinmagan.

«EQUINOX rusumli avtomaşinasi Özbekiston Respublikasi Moliya vazirligining roziligi bilan qişloq xöjaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida qonun xujjatlari ijrosi ustidan nazoratni amalga oşirişga masʼul bölgan Özbekiston Respublikasi Boş prokurorining örinbosari (yangi ştat birligi) xizmatda foydalaniş uçun xarid qilingan.

Yuqorida körsatib ötilgan xizmat avtomaşinalari byudjetdan taşqari jamğarma hisobidan xarid qilinganligi maʼlum qilinadi», deyiladi Boş prokuratura xabarida.

Manba: Xabar.uz

×