Apple öz gadjetlarini Rossiyada sotişni va mamlakatga yetkazib berişni töxtatdi. Bundan taşqari, Apple Pay dagi çeklovlar ham öz tasdiğini topdi.
Foydalanuvçilarning taʼkidlaşiça, 2022 yil 1mart kuni ertalab rus tilidagi Apple Store veb-saytida qurilmaga buyurtma beriş mumkin edi, biroq örtaça yetkazib beriş muddati 3 oydan uzoq muddatga töğri keldi. Keçga yaqin bu imkoniyat yöqolgan. Endilikda esa xaridorlar yetkazib beriş vaqtinça işlamayapti degan xabarni körişni boşladilar. Özgarişlar saytdagi barça mahsulotlarga taʼsir qildi.
2 martga ötar keçasi narxlar va qurilmalarning texnik xususiyatlarini köriş imkoniyati yöqolgan. Mahsulot sahifasiga ötilganda, onlayn-dökonning yopilişi haqidagi xabar paydo böladi.
Reuters jurnalistlarining xabar berişiça, kompaniya Rossiyaga eksport va rasmiy savdo nuqtalariga yetkazib berişdan butunlay voz keçgan. Kupertino jamoasi, şuningdek, sanktsiyalar röyxatiga kiritilgan Rossiya banklari uçun Apple Pay xizmatining çeklanişini tasdiqladi. Şu bilan birga, kompaniya bir qator rus media ilovalarini global App Store tarmoğidan çeklab qöydi. Yuklab oliş faqat Rossiya Federatsiyasi hududida mavjud. Ilovalar dökonining özi işlaşda davom etmoqda.









