Putinning maslahatçisi SSSR haliyam mavjud ekanini iddao qildi

Putinning maslahatçisi SSSR haliyam mavjud ekanini iddao qildi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning maslahatçisi Anton Kobyakov sobiq Sovet Ittifoqi haqida bahsli bayonot bilan çiqiş qildi. Uning sözlariga köra, SSSR huquqiy jihatdan hali ham qayerdadir mavjud, çunki uni tarqatiş tartibi konstitutsiyaviy jihatdan töliq bajarilmagan. Bu haqda u keça, 21 may kuni Sankt-Peterburgda ötgan xalqaro yuridik forumda gapirdi.

“Agar SSSR 1922 yilda Xalq deputatlari sʼezdi tomonidan tuzilgan bölsa, unda uni tarqatiş ham aynan şu organ qarorini talab qilgan bölar edi”, deydi u.

Kobyakov 1991 yil 8 dekabrda tuzilgan “Belovejsk kelişuvi” haqida ham gapirgan.

“Bu kelişuvlarni keyinçalik RSFSR, USSR va BSSR Oliy Kengaşlari tasdiqlagan, lekin bu umuman ularning vakolatiga kirmagan. Bu huquqiy nuqtai nazardan ğalati holat”, degan u.

Uşbu fikr huquqşunoslar va ayrim siyosiy guruhlar tomonidan avval ham ilgari surilgan. Ular “Belovejsk kelişuvi”ni “huquqiy kuçga ega emas” deb baholaydi va SSSRning yöqolişiga rasmiy nuqta qöyilmagan, degan qaraşni yoqlab çiqadi.

Kobyakovning aytişiça, huquqiy nuqtai nazardan bu Ukrainadagi mojaro “içki jarayon” deb atalişiga asos bölişi mumkin.

“Agar SSSR tarqatilmagan bölsa, mantiqan, huquqiy nuqtai nazardan qaralganda Ukraina inqirozi – bu içki jarayondir”, deydi u.

Maʼlumot uçun, “Belovejsk kelişuvi” – bu atama norasmiy nom bölib, 1991 yil 8 dekabrda Belarus Respublikasi, RSFSR va Ukraina tomonidan imzolangan “Mustaqil Davlatlar Hamdöstligini (MDH) tuziş töğrisidagi kelişuv”ni anglatadi. Bu davlatlar 1922 yilda SSSRni tuzgan davlatlar sifatida SSSRni taşkil etiş haqidagi şartnomani imzolagan.

Mazkur Kelişuvda SSSR xalqaro huquq subʼekti va geosiyosiy haqiqat sifatida mavjud bölişi töxtatilgani qayd etilgan va Mustaqil Davlatlar Hamdöstligi (MDH) taşkil etilişi eʼlon qilingan.

Kelişuvga öşa paytdagi 3 ittifoqdoş respublika – Belarus, RSFSR va Ukrainaning oliy lavozimli rahbarlari va hukumat boşliqlari imzo çekkan: Belarusdan Stanislav Şuşkeviç va Vyaçeslav Kebiç, RSFSRdan Boris Yeltsin va Gennadiy Burbulis, Ukrainadan Leonid Kravçuk va Vitold Fokin.


Teglar:
×