Musulmonlar idorasi: Pul tikib öynaladigan öyinlar juda katta gunoh

Musulmonlar idorasi: Pul tikib öynaladigan öyinlar juda katta gunoh

Musulmonlar idorasi xodimi Nozimjon Iminjonovning yozişiça, xozirgi kunda baʼzi telegram kanallarida ayrim kişilar sport öyinlari, masalan futbolda qaysidir jamoaga pul tikib, kimning pul tikkan jamoasi yutsa, öşa odam narigi jamoaga tikilgan pullarni ham olişi bilan boğliq öyinlar eʼlon qilinmoqda. Bu kabi narsalar qimor hisoblanadi.

Boşqaça qilib aytganda, ğolib mağlubdan biror narsa oladigan har bir öyinga islomiy tarafdan qimor deyiladi.

Muallif, bu borada Islom dini qimorni qattiq qoralangani va uni gunohi kabira deb hisoblaşini aytib ötgan.

Buning dalillari sifatida Qurʼoni Karimning Baqara surasi, 219-oyatidan misol keltiradi: “Sendan xamr va qimor haqida sörarlar. Sen: “Ikkisida katta gunoh va kişilar uçun manfaat bor va gunohlari naflaridan kattadir”, deb ayt. Va sendan nimani nafaqa qilişni sörarlar. Sen:“Ortiqçasini”, deb ayt. Alloh şundoq qilib sizga Öz oyatlarini bayon qiladi. Şoyadki tafakkur qilsangiz”.

Şuningdek, Alloh taolo Moida surasining 90-oyatida şunday marhamat qilgan:

“Ey iymon keltirganlar! Albatta, xamr, qimor, butlar va (fol oçadigan) çöplar iflosdir. Şaytonning işidir. Bas, undan çetda böling. Şoyadki, najot topsangiz”. (Olamlar Robbi bu oyatda qimorni “ifloslik va şaytonning işi” deb marhamat qilgan. Aynan şu oyatda xamr içiş va qimor öynaş kabi amaliy gunohlarni butga çöqiniş va folbinga işoniş kabi kufr va şirk sanalgan ulkan maʼnaviy jinoyatlarga tenglaştirgan.)

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim öz sohibiga “Kel, sen bilan qimor öynayman”, desa, sadaqa qilsin”, - dedilar”.

Qimor şu qadar jirkanç iş ekanki, kişi hali öynamagan bölsa ham, öynaşni taklif qilişi bilanoq gunohkor bölib qolar ekan. Şu bois uning kafforotiga öynamoqçi bölgan pulini sadaqa qilib yuboriş kerak ekan.

Dinimizda insonlar halol mehnat qilib pul topişga buyurilgan. Birovni aldab, xiyonat qilib, muttahamlik yöli bilan uning mulkiga ega bölib oliş haromdir. Qimor esa aynan şunday yöl bilan pul topişdir.

Qimorda yutqazgan taraf yutgan tarafni heç qaçon yaxşi körmaydi. Örtada adovat, nafrat, janjal paydo böladi. Yutqazgan taraf imkon topildi degunça yutgan tarafdan pullarini qaytarib olişga, buning uçun hatto öşa yutgan kimsani öldirişgaça borib yetadi. Xullas, qimor sababli insonlar örtasida duşmanlik, bir-birini yomon köriş va hatto qotillik yuzaga keladi. Mana şularning öziyoq qimorning jamiyatga soladigan xavfi, keltiradigan zararlari neçoğli ayançli ekanini körsatadi.

Kimda kim qimor öynab, pul yutib olgan bölsa, öşa yutgan pulni darhol egasiga qaytarib berişi kerak. Agar egasi ölib qolgan bölsa, uning merosxörlariga beradi. Bordiyu merosxörlarni ham topa olmasa, egasining nomidan birorta faqirga beradi.

×