Qiynaşdi, kallasini uzişdi, yoqişdi. Rossiyalik jangçilarning Suriyadagi vahşiyligi

Qiynaşdi, kallasini uzişdi, yoqişdi. Rossiyalik jangçilarning Suriyadagi vahşiyligi

Rossiyaning “Novaya gazeta” naşri Suriyadagi vahşiy qotillikda qatnaşgan rossiyaliklardan birining şaxsini aniqlaşgan muvaffaq böldi. Uşbu qotillik tasviri Yutubda namoyiş etilgan.

Naşrning yozişiça, vahşiy qotillikni “Vagner xususiy harbiy kompaniyasi”ning jangçilari amalga oşirgan. Ular Başar Asar armiyasidan qoçgan suriyalikni öta şafqatsizlik bilan öldirgan.

“Novaya gazeta” qotillikda qatnaşgan deb taxmin qilinayotgan rossiyalik yollanma jangçilardan biri – Stanislav D.ning pasport nusxasini eʼlon qildi. Jurnalistlar videotasvirda yuzini yaşirmagan yagona qotilning şaxsini FindClone servisi orqali aniqlaşga erişişdi. Tahririyat qotilning familiyasini biladi, biroq oilasining xavfsizligi nuqtai nazaridan oşkor etmadi.

Stanislav D. “Vagner xususiy harbiy kompaniyasi”ning jangçisi ekani tasdiqlandi. “Novaya gazeta” uning 2016 yilda yollanma jangçi bölib işga kiriş uçun töldirgan anketasini topdi. Bundan taşqari, Stanislav D. avval Stavropol ölkasida yöl-patrul xizmatida işlagani ham maʼlum böldi. 

Rossiyalik yollanma jangçilar tomonidan vahşiyona öldirilgan suriyalik – 1986 yilda tuğilgan Muhammad Toha Ismoli al-Abdulloh bölib çiqdi. U uruş boşlangandan keyin Suriyani tark etgan va 2017 yilda qaytib kelgan. Şundan söng hukumat armiyasiga çaqirilgan va u yerdan qoçgan.

Dahşatli qotillikning videotasviri 2017 yilning yozida eʼlon qilingan. Noyabr oyida uning yana uçta qismi paydo böldi. Videoda yerda yotgan Muhammadning qöliga katta bolğa bilan urişayotgani, söng kallasi va qöllarini kesişgani, oxirida osib qöyib yoqib yuborişgani aks etgan. Qotillik iştirokçilari rus tilida aktsentsiz gapirgan.  Ular vahşiylikni xursandçilik bilan, hazil-huzul bilan amalga oşirgan.

×