AQŞ qurolli kuçlari prezident Jo Baydenning buyruğiga binoan Suriya şarqida, Vaşington maʼlumotlariga köra, Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi va unga aloqador guruhlar tomonidan foydalanilayotgan ikkita nişonga zarba berdi, deya xabar berdi Pentagon.
Reuters agentligi yuqori martabali amerikalik mulozimga tayanib xabar berişiça, ikkita F-16 qiruvçi samolyoti tomonidan qurol va öq-dorilar saqlanadigan omborlar nişonga olingan. Bu 27 oktyabr kuni mahalliy vaqt bilan 4:30 da Iroq bilan çegaradoş Abu Kamol şahrida sodir bölgan.
Harbiy departamentning taʼkidlaşiça, zarbalar özini himoya qiliş maqsadida amalga oşirilgan va Suriya hamda Iroqdagi Amerika qöşinlariga berilgan qator hujumlarga javob bölgan. Pentagon vakiliPatrik Rayderning sözlariga köra, 17-24 oktyabr oraliğida Iroq va Suriyadagi AQŞ va koalitsiya kuçlari kamida 13 marta raketa va uçuvçisiz samolyotlar hujumiga uçragan. Natijada bir AQŞ fuqarosi halok bölgan, yana 21 kişi jarohat olgan.
Mudofaa vazirligi bu hujumlar uçun Eron tomonidan qöllab-quvvatlanadigan taşkilotlar javobgar ekanligiga işonç bildirgan.
Qayd etilişiça, Bayden «faqat Iroq va Suriyadagi Amerika kuçlarini himoya qiliş uçun» zarba berişni buyurgan. Bu zarbalarning Falastin-Isroil mojarosining keskinlaşuviga aloqasi yöqligi taʼkidlanadi.
Pentagon rahbarining aytişiça, AQŞ keyingi jangovar harakatlarda iştirok etişni istamaydi, «lekin Eron tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan bu hujumlar töxtatilişi kerak». Uning sözlariga köra, agar hujumlar davom etsa, Qöşma Ştatlar «kerakli çoralarni körişdan tortinmaydi».
25 oktyabr kuni Bayden Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyni Yaqin Şarqda Amerika qöşinlari hujumga uçrasa, javob qaytarilişi mumkinligi haqida ogohlantirganini aytgandi. Davlat kotibi Antoni Blinken ham xuddi şunday ogohlantiriş bilan çiqqan. Bir kun ötib, Pentagon Yaqin Şarqqa «mintaqada AQŞ armiyasining mudofaa qobiliyatini yanada oşiriş uçun» 900 ga yaqin qöşimça askar yuborilişini eʼlon qildi.









