AQŞ Suriyadagi Eronga aloqador guruhlarga zarba berdi

AQŞ Suriyadagi Eronga aloqador guruhlarga zarba berdi

AQŞ Prezidenti Jo Bayden Suriya şarqida Eron tomonidan qöllab-quvvatlanayotgan guruhlarga havodan zarba beriş haqida buyruq berdi. Bu haqda AQŞ Mudofaa vaziri Lloyd Ostinning keça, 12 noyabr kuni eʼlon qilingan yozma bayonotida maʼlum qilindi.

"Bugun AQŞ kuçlari Suriyaning şarqiy qismidagi Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusi va unga aloqador guruhlar tomonidan Iroq va Suriyadagi AQŞ qöşinlariga qarşi davom etayotgan hujumlarga javoban foydalanilgan nişonlarga aniq zarbalar berdi", degan Pentagon rahbari.

Uning sözlariga köra, zarbalar eronparast guruh aʼzolarining öquv markazi va boşpanalariga berilgan.

“Fox News”ning yozişiça, hujum oqibatida olti nafar askar halok bölgan.

Pentagon maʼlumotlariga köra, 17 oktyabrdan beri Suriya va Iroqdagi AQŞ qöşinlariga qariyb 50 marta hujum qilingan. 26 oktyabr kuni AQŞ Harbiy-havo kuçlarining ikkita F-16 qiruvçi samolyoti Eron Islom inqilobi qöriqçilari korpusiga tegişli bölgan qurol-yaroğ va öq-dorilar omborlariga havodan zarba bergan.


Teglar:
×