Eron AQŞning Suriyadagi harbiy bazasiga zarba berdi – OAV

Eron AQŞning Suriyadagi harbiy bazasiga zarba berdi – OAV

Eron harbiylari Suriyaning hududida joylaşgan AQŞ harbiy bazasiga zarba berdi. Bu haqda Eron ommaviy axborot vositalariga tayanib, CGTN xabar berdi. 

Hozirça bu maʼlumot rasman AQŞ tomonidan tasdiqlanmagan.

Dastlabki taxminlarga köra, bu zarba Eronga qarşi AQŞ tomonidan 22 iyun kuni uyuştirilgan hujumlarga javoban amalga oşirilgan. AQŞ tomoni bu hujumlarni “Eronning yadroviy dasturini jilovlaş” zarurati bilan asoslagan.

Hozirça holat yuzasidan rasmiy Tehron tomonidan ham, Pentagon tomonidan ham rasmiy tasdiq yoki inkor berilmagan. 

Qolaversa, voqea tafsilotlari ham hali töla aniqlaştirilmagan. 

Eronning “Mehr” axborot agentligi ham Suriyaning şimoli-şarqidagi Xasaka şahridagi baza hujumga uçraganini maʼlum qilgan.


×