Rossiya oligarxlarining sanktsiyalar ostida qolgan samolyotlari Yevropa osmonida parvoz qilişda davom etmoqda. Bu haqda “Welt” gazetasi xabar berdi.
Qayd etilişiça, Rossiya olgarxlarining samolyoti sanktsiya ostida tuşganidan keyin 30 ga yaqin parvozlarni amalga oşirgan.
Jumladan, joriy yilning mart oyi örtalarida Britaniya hukumati Roman Abramoviçning dösti, “Millhouse” kompaniyasi rahbari, milliarder Yevgeniy Şvidlerning samolyotini qölga olgandi. Hibsga olinişidan oldin samolyot Yevropa Ittifoqi hududida, jumladan Germaniya havo hududida sakkiz marta parvoz qilgan. Şvidlerning samolyoti oxirgi marta 18 mart kuni Gamburgdan Londonga uçgan.
Yana bir rossiyalik oligarx Alişer Usmonovning samolyoti Myunxendan 28 fevral kuni (havo hududi yopilgan kunning ertasiga) havoga kötarilgan. Tadbirkorga tegişli yana bir samolyot bu vaqtda Florentsiyadan Toşkentga uçayotgan edi.
Rossiyalik tadbirkor Albert Avdolyanning San-Marinoda röyxatdan ötgan va Şveytsariya kompaniyasi tomonidan boşqariladigan samolyoti 2 mart kuni Nitstsadan Istanbulga uçgan.
Oligarx Viktor Vekselbergga tegişli bölgan va Lyuksemburgda röyxatdan ötgan samolyot ham aprel oyida Yevropani tark etişga muvaffaq bölgan. Samolyot Bazeldan havoga kötarilib, Yevropa Ittifoqi havo hududini kesib ötib, Qozoğiston poytaxti Nur-Sultonga qöngan.
Bundan taşqari, milliarder Aleksandr Zanadvorovning vertolyoti Frantsiya böylab parvoz qilmoqda. Vertolyot sanktsiyalar joriy etilganidan beri kamida sakkiz marta havoga kötarilgan.
Biznes-jet va vertolyotlarning parvoz qilişda davom etişi ularning Rossiyadan taşqarida röyxatdan ötgani va qoğozda uşbu mamlakat kompaniyalariga tegişli emasligi bilan izohlanadi. Mulkçilik tuzilmasida şaffoflikning yöqligi oligarxlar uçun ofşor kompaniyalar va firibgar kompaniyalar orqali samolyotlarni nazorat qilişni qiyinlaştiradi.
Maʼlumot örnida, Yevropa Ittifoqi Rossiya Ukrainada uruş boşlaganidan söng Moskvaga nisbatan joriy etilgan sanktsiyalar doirasida havo hududini yopdi. Yevropa Ittifoqi va AQŞ bir qator rossiyalik tadbirkorlarning aktivlari muzlatib, yaxtalar va samolyotlarini musodara qildi va ularning Yevropa davlatlariga kirişini taqiqladi.
Rossiya-Ukraina uruşi
Joriy yilning 21 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Kremlda Ukraina şarqidagi özini mustaqil deb eʼlon qilgan Lugansk xalq respublikasi (LXR) va Donetsk xalq respublikasini (DXR) tan oliş töğrisidagi farmonni imzoladi. Keyinroq RF respublikalarni şu nomdagi viloyatlar çegarasida tan olganini taʼkidlab, Ukrainaga qarşi uruş xavfini oşirib yubordi.
Putinning favqulodda qarori ortidan AQŞ, YEI, Kanada, Avstraliya, Buyuk Britaniya va Yaponiya rasmiylari ham Rossiyaga qarşi sanktsiyalar kiritdi.
24 fevral kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ukraina şarqida Donbassda rus harbiylari "maxsus harbiy operatsiya" boşlaganini eʼlon qildi va rus qöşinlari Ukrainaga hujum boşladi. Putin bu harakatini Ukraina şarqidagi rossiyaparast separatist kuçlar rahbarlari şunday sörov yuborgani bilan oqladi.
Bundan avvalroq Zelenskiy Rossiya fuqarolariga rus tilida murojaat qilib, ukrainlarga “na sovuq, na issiq, na gibrid uruş kerak emas”ligini, ukrainlar hujumçilarni kutib olişga tayyorligini bildirgandi. Köp ötmay Prezident Rossiya bilan diplomatik aloqani uzdi. Prezident Zelenskiy mamlakatda harbiy holat eʼlon qildi.
25 fevral kuni Zelenskiy Ukrainada umumiy harbiy safarbarlik eʼlon qildi. Armiyaga çaqiruv mamlakatning qator viloyat va şaharlarida amalga oşirilişi belgilandi.
Rus qöşinlari hozirgaça Ukrainaga şimol, şarq va janubdan hujum qilib kelmoqda va qator hududlarni egallaşga erişdi. Ammo bu uruş Rossiyaning dunyoda yakkalanib qolişiga olib keldi.
Ukrainaga hujum boşlanişi Rossiya iqtisodiga oğir zarba berdi. Rus kompaniyalari aktsiyalari keskin arzonlaşdi, Moskva birjasida savdolar mislsiz darajada pasayiş bilan ötdi. Gazprom, LUKOYL va boşqa yirik kompaniyalar yöqotişlarga uçradi.
Hujum boşlangaç, Yevropa davlatlari va AQŞ Rossiyaga qarşi bir neça bosqiçli sanktsiyalar joriy qildi. Rossiyaning VTB, “Rossiya” banki, “Otkritiya”, “Novikombank”, “Promsvyazbank”, “Sovkombank” va VEB.RF banklari SWIFT xalqaro banklararo tizimidan uzildi. AQŞ va Yevropa Ittifoqi Rossiyaning oltin-valyuta zaxirasini blokladi.
Yevropa davlatlari, AQŞ, Kanada Rossiya uçun öz havo hududini yopdi. Bu sanktsiyalarga neytral davlat hisoblangan Şveytsariya ham qöşildi. Uruş fonida Ukrainani Yevropa Ittifoqi aʼzoligiga qabul qiliş jarayoni tezlaşdi.
Manba: Qalampir.Uz









