Telegram asosçisi Pavel Durov keça baʼzi mamlakatlarda uşbu messenjer faoliyatida uzilişlar bölgani uçun özining rasmiy kanalida uzr söradi:
"Telegram’ning kunlik faol foydalanuvçilari (DAU – Daily active users) soni har yili 50%ga ösib boryapti. Afsuski, bu ğayrioddiy ösiş hozirgaça muayyan muammolar bilan keçyapti.
Keça Grinviç vaqti (GMT) bilan soat 13 dan 14 gaça (Toşkent vaqti bilan 18 dan 19 gaça) şu vaqtda tarmoqda bölgan foydalanuvçilarning 15%i Telegram’ga ulanişda muammolarga duç keldi. Bu uziliş asosan Germaniya, Iroq, Özbekiston, Rossiya, Ukraina, Qozoğiston va Belarusdan kiradigan foydalanuvçilarga taʼsir qildi.
Biz şu soat davomida öz vaqtida yetkazib berilmagan har bir jönatilgan xabar uçun uzr söraymiz. Biz öz platformamizni imkon qadar işonçli qilişga intilyapmiz. Ayni vaqtda biz barqarorligimizga salbiy taʼsir qiliş uçun uyuştiriladigan (masalan, şu yil iyunda Xitoyning DdoS hujumlari kabi) hujumlarga qaramay, Telegram yildan-yilga bunday muammolarga kamroq uçrayotganidan faxrlanamiz".
Ammo Durov keçagi muammoning sababini izohlamagan.









