Telegram’da reklama paydo böladi. Bu haqda messenjer asosçisi Pavel Durov maʼlum qildi.
Taʼkidlanişiça, endi mingdan ortiq odam obuna bölgan barça kanallarda “sponsored” belgisi bilan xabar paydo böldi. Uşbu yozuv kanaldagi barça xabarlarni öqigandan keyingina körinadi.
Durov reklama foydalanuvçilar uçun deyarli körinmas bölişini va bundan taşqari, u şaxsiy yozişmalar va guruhlarda, şuningdek çatlar röyxatida bölmasligiga vaʼda bergan. Uning tuşuntirişiça, reklamadan tuşgan daromad Telegram’ga foydalanuvçilarga bepul va çeksiz xizmat körsatişda davom etiş imkonini beradi.
Kanal egalari reklama mazmuniga taʼsir ötkaza olmaydi. U kanallar mavzulari asosida şakllantiriladi va taşqi havolalarsiz yoki fotosuratlarsiz faqat qisqa matnlarni öz içiga oladi, şuningdek har bir kanal uçun bitta reklama posti bilan çeklaniş mavjud.
“Foydalanuvçilarning şaxsiy maʼlumotlari örganilmaydi”, degan u.
Maʼlumot örnida, Durov 2020 yilda Telegram’ni qanday qilib monetizatsiya qiliş mumkinligi haqida gapirgandi.









