Durovning sözlariga köra, jahon global oziq-ovqat inqirozi ostonasida turibdi va dunyo böylab millionlab insonlar oçlikdan aziyat çekmoqda.
Telegram asosçisi Pavel Durov «Bir milliard tuşlik» xayriya aktsiyasi doirasida 12 mln kişiga tuşlik sotib oliş uçun pul berdi. U bu haqda öz Telegram-kanalida maʼlum qildi.
Durovning sözlariga köra, jahon global oziq-ovqat inqirozi ostonasida turibdi va dunyo böylab millionlab insonlar oçlikdan aziyat çekmoqda.
Uning bildirişiça, aynan uşbu muammoni yumşatiş uçun BAA hukumati yuqoridagi aktsiyani boşladi.
«Yuzlab kişilar qatnaşdi. Uşbu kampaniya muallifi Şayx Muhammad 400 millionta tuşlikka, men esa kamtarona 12 million tuşlikka pul berdim», – deb yozdi Durov.
Şu bilan birga, Telegram asosçisi bu maqsad uçun qança mablağ ajratganini maʼlum qilmadi, ammo keyinçalik bu taşabbusga yanada köproq kişilar qöşilişiga umid bildirdi.









