Vkontakte va Telegram asosçisi Pavel Durov ukrainalik foydalanuvçilarga murojaat qildi. Durov murojaatida nima sababdan Rossiyadan çiqib ketgani maʼlum qildi. Bundan taşqari ukrainalik fuqarolar qörqmasdan Telegram'dan foydalanaverişlarini aytib ötdi.
“Agar siz mening postlarimni kuzatib borsangiz, onamning oilasi Kiyevlik ekanini bilasiz. Uning qizlik familiyasi Ivanenko, Ukrainada hamon qarindoşlarimiz köp. Şuning uçun bu fojiali mojaro men uçun ham, Telegram uçun ham şaxsiydir.
Baʼzilarda Telegram ukrainaliklar uçun xavfsiz emasmi, degan savol tuğiladi, çunki men bir vaqtlar Rossiyada yaşaganman. Bularga Rossiyadagi faoliyatim qanday yakunlanganini aytib beraman.
Töqqiz yil oldin men Rossiya va Ukrainadagi eng yirik ijtimoiy tarmoq VK kompaniyasining boş direktori edim. 2013 yilda Rossiya FSB mendan rossiyaparast prezidentga norozilik bildirgan ukrainalik VK foydalanuvçilarining şaxsiy maʼlumotlarini berişimni talab qildi.
Men bu talablarni bajarişdan boş tortdim, çunki bu bizning ukrainalik foydalanuvçilarga xiyonat qilişni anglatadi. Şundan söng özim asos solgan kompaniyadan haydalib, Rossiyani tark etişga majbur böldim. Men kompaniyamni va uyimni yöqotdim.
Men bu talablardan voz keçganimda, şaxsan men uçun uluş katta edi. Men hali ham Rossiyada yaşardim. Mening jamoam va eski kompaniyam ham öşa mamlakatda joylaşgan edi.
Oradan köp yillar ötdi. Köp narsa özgardi: men endi Rossiyada yaşamayman, u erda mening kompaniyam yoki xodimlarim yöq. Lekin bir narsa özgarmadi - nima bölişidan qatʼiy nazar men foydalanuvçilarimiz uçun işlayman. Ularning şaxsiy daxlsizlik huquqi - muqaddasdir. Endi har qaçongidan ham köproq”, - dedi Durov murojaatida.









