Eron Prezidenti elektr energiyasi taʼminotidagi uzilişlar uçun aholidan uzr söradi

Eron Prezidenti elektr energiyasi taʼminotidagi uzilişlar uçun aholidan uzr söradi

Eron Islom Resapublikasining amaldagi Prezidenti Hasan Ruhoniy aholi yaşaş punktlarini elektr energiyasi bilan taʼminlaşda uzilişlar bölgani uçun uzr söradi. Bu haqda “Anadolu” yozmoqda.

Xabarga köra, mamlakat turli mintaqalaridagi inşootlarning oçilişida videokonferentsiya orqali sözga çiqqan Ruhoniy sönggi 2-3 hafta içida mamlakat aholisini elektr energiyasi bilan uzluksiz taʼminlaşning imkoni bölmaganini tan olgan.

Unga köra, elektr energiyasidagi uzilişlar töğrisida aholiga 2-3 soat oldin xabar beriş kerak.

“Uzilişlar texnik nosozliklar bilan boğliq. Men muammoning tafsilotlarini aytib ötişni istamayman, lekin şuni taʼkidlaşni xohlardimki, elektr taʼminotidagi uzilişlar töğrisidagi qaror Eron energiya tizimini himoya qilişga qaratilgan majburiy çora edi”, deydi u.

Ruhoniy bu muammoga duç kelgan mamlakat aholisidan keçirim söradi hamda “Buşer” AES ham bir neça bor öz işini töxtatganini qöşimça qildi.

Eslatib ötamiz, Eronda elektr energiya taʼminotida keng kölamli uzilişlar yuz bermoqda. Buning oqibatida mamlakat poytaxti Tehronda joylaşgan “Isroilni yöq qiliş” uçun qança vaqt qolganini körsatib turuvçi elektron tablo öçib qoldi.

×