Jizzaxda 9-sinç öquvçisi öğil farzandni dunyoga keltirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar bermoqda.
Gap şundaki, joriy yilning 14 noyabr kuni Jizzax şahar “Madaniyat” mahalla fuqarolar yiğinida yaşovçi, Jizzax şahar 5-sonli örta maktabning 15 yaşar öquvçisi soğliği yomonlaşganligi sababli RŞTYOIMning Jizzax filialiga murojaat qiladi, deydi "qalampir.uz".
RŞTYOIMning Jizzax filialida uning xomilador ekanligi maʼlum böladi. Unga Jizzax viloyati Perinatal markaziga yöllanma berilgan bölib, u şu kuni 1-tuğruq bölimida 34 haftalik öğil farzandni dunyoga keltiradi.
Holat yuzasidan bugun, 19 noyabr kuni Jizzax şahar IIO FMB qoşidagi Tergov departamenti tomonidan Özbekiston Respublikasi JKning 128-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilib, hozirda dastlabki tergov harakatlarini olib borilmoqda.









