11 sinf öquvçisi sinfdoşini piçoqlab qöydi

11 sinf öquvçisi sinfdoşini piçoqlab qöydi

Uç nafar sinfdoşlar örtasida janjal kelib çiqqan. 17 yoşli yigitga nisbatan jinoyat işi qözğatildi.


Toşkentda sinfdoşlar örtasida kelib çiqqan janjal piçoqbozlik bilan tugadi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot kotibi Hayot Şamsutdinov xabar berdi.

Joriy yilning 21 fevral kuni soat taxminan 11:20 larda Toşkent viloyati Yangiyöl tumanida yaşovçi 2006 yilda tuğilgan M.A. avvalgi öqigan maktabi — Çilonzor tumanidagi 162-sonli maktabga baholar tabelini oliş maqsadida kelgan.

M.A. sinfdoşlari bilan ötirgan vaqtida sinfdoşi 2005 yilda tuğilgan R.I. M.A.ni taşqariga çiqişini aytgan, çiqqandan söng maktabga "nega meni ruxsatimsiz kelasan", deb zöravonlik qilib, unga tarsaki tuşirgan.

Şu payt M.A.ning örtoği 2005 yilda tuğilgan S.A. ularni ajratmoqçi bölgan vaqtida R.I. uni ham urgan. Şundan söng, S.A. yonida bölgan piçoq bilan R.I.ning qorin qismiga tan-jarohat yetkazgan. R.I. tan jarohati bilan şifoxonaga yotqizilgan.

Qayd etilişiça, R.I.ga "Qorin old devorini teşib kiruvçi kesilgan-sançilgan jarohati" taşxisi quyilgan. 

Mazkur holat böyiça S.A.ga nisbatan JKning 104-moddasi (Qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) 2-qismi "l" bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×