Namanganda otasining maşinasini mingan 9-sinf öquvçisi bir kişining umriga zomin böldi

Namanganda otasining maşinasini mingan 9-sinf öquvçisi bir kişining umriga zomin böldi

Joriy yilning 8 oktyabr kuni Namangan viloyatida 9-sinf öquvçisi boşqaruvidagi Nexia qarama-qarşi yöldagi Matiz rusumli avtomobilga urilib, YTH sodir etdi. Oqibatda bir yölovçi halok böldi. Bu haqda viloyat Içki işlar boşqarmasi Matbuot xizmati xabar berdi. 

Qayd etilişiça, voqea soat 15:00 da Uyçi tumanidan ötuvçi R-263 aylanma yölining 7 kilometrida sodir bölgan.

2007 yilda tuğilgan 9-sinf öquvçisi otasining nomida bölgan Nexia rusumli avtomobilni tegişli hujjatlarsiz haydab ketayotib, boşqaruvni yöqotgan. Buning ortidan u qarama-qarşi yönalişga çiqib ketib, 1996 yilda tuğilgan fuqaroning boşqaruvida bölgan Matiz rusumli avtomobil bilan töqnaşuv sodir etgan.

Oqibatda, Matiz rusumli avtomobilda bölgan yölovçi – 1998 yilda tuğilgan fuqaro voqea joyida vafot etgan. Bundan taşqari, ikki haydovçi va yana bir yölovçi miya yopiq şikasti, boş miya çayqalişi taşxisi bilan tan jarohati olib, şifoxonaga yotqizilgan.

Xabarga köra, uşbu holat böyiça Uyçi tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tomonidan voqea sodir bölgan kunning özidayoq  Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Eslatib ötamiz, oktyabr oyining boşida Namanganda yana bir mudhiş YTH yuz berib, unda bir-biri bilan töqnaşgan M-412 va Nexia-2 rumsumli avtomobillari orasida qolib ketgan 3-sinf öquvçisi vafot etgandi.

×