Jizzaxda 9-sinf öquvçisi «Informatika» darsi paytida tösatdan vafot etdi
Jizzax viloyati Şarof Raşidov tumanidagi 11-umumtaʼlim maktabida öquv yili boşlanişining birinçi kunida, uşbu maktabning 9-sinf öquvçisi (qiz bola) dars vaqtida tösatdan vafot etdi.
Maʼlum qiliniişça, hodisa 3-soat, Informatika darsida yuz bergan. Dars tugaşiga 15 daqiqa qolganda öquvçi huşidan ketgan.
Maktab direktori örinbosari Dilnoza Hatamova dars vaqtida vafot etgan 9-“V” sinf öquvçisi ertalab maktabga kelganida juda yaxşi holatda bölgani şuningdek, tana harorati ham joyida bölganini maʼlum qildi. Barça öquvçilar qatorida u ham antiseptik vositalar bilan zararsizlantirilgan.
Şu kuni “1-sinf öquvçilarini emlaş uçun maktabga kelgan Xavaslik” Qişloq vraçlik punkti şifokorlari huşidan ketgan öquvçi qizga birinçi yordam körsatişgan. Qizda hayot uçun heç qanday belgi körinmagan bölsa-da, unga öpka-yurak reanimatsiyasini amalga oşirilgan. 15 daqiqalik reanimatsiya harakatidan keyin ham bemorda hayot belgilari tiklanmagan. Bundan taşqari, öquvçi qizga taşqi yurak massaji qilingan va sunʼiy nafas berib, birinçi tibbiy yordam körsatilgan. Ammo bu ham foyda bermagan.
Qayd etilişiça, ayni vaqtda öquvçi qizning tösatdan vafot etişi yuzasidan huquqni muhofaza qiliş organlari xodimlari tomonidan suriştiruv va ekspertiza işlari olib borilyapti.
Manba: Effect.uz









