8-sinf öquvçisi farzandli böldi. Tomonlarning voyaga yetmaganligi sabab “iş” yopib yuborilgan (video)

8-sinf öquvçisi farzandli böldi. Tomonlarning voyaga yetmaganligi sabab “iş” yopib yuborilgan (video)

Qaşqadaryo viloyati Qamaşi tumanida joylaşgan maktab öquvçisi C.C. 2019 yil 8-sinfda öqiyotgan paytda tengdoşi N.A.dan homilador bölib qoladi. Oradan vaqt ötib 2020 yil mart oyida u qiz farzandli böladi, ayni paytda esa C.C. bir yoşga tölgan qizaloqni tarbiyalmoqda. Bu haqida Nasafnews xabar bermoqda.

Maʼlum bölişiça, tuğilgan bolaning otasi oilaning yaqin qarindoşi bölgan.

«2019 yil may oyida köriçak böldim. Öşa paytlari birga öqiydigan tengdoşim N. A. uyga ovqat olib keldi. Keyin dars qilamiz deb aytdi. Keyin kitob olgani şkafni yoniga borgandim, oğzimni qoplab, qölimni qaytardi. Meni majburlab, zöravonlik qildi. «Men seni olaman, heç kimga aytma, bölmasa öldirib ketaman» degan tahdid bilan uyiga ketdi. Ertasi kuni yana yugurib çopib kirib keldi. Men qörqqanimdan derazadan qoçmoqçi bölgandim, meni oğzimni qopladida qölimni qaytardi. Yana zöravonlik qilib, majburladi. Huşimdan ketib qoluvdim, uyğonsam qölimni öqalab ötirgan ekan. Keyin yana «men seni olaman, heç kimga aytma, agar aytsang öldirib ketaman, heç kim bilmaydi, öligingni topolmaydi» deb tahdid qilib qörqitib ketdi»,- deydi qiz.

S.S.ning onasi Z.B. bu voqealar sodir bölganida uyida bölmaganini aytadi. Maʼlum bölişiça, u turmuş örtoği va qizlari bilan dalada bölgan

“Men uni homiladorligini homila 7 oylik bölganda bildim. Qamaşi tumani Içki işlariga murojaat qildik. Bolani soğligi uçun javob berasizlar deb biz 2 oy davolatdik. Bola karantin vaqtida tuğildi. Hozirgi kunda men içki işlarga va qator taşkilotlarga murojaat qilib çiqdim. Lekin bolalar voyaga yetmagan deb bittayam çora körilmagan”, – deydi qizning onasi.

Z.B. şuningdek, “portal”ga, Içki işlar vazirligiga, inson huquqlarini himoya qiliş taşkilotiga, Tanzila Norboyevagaça murojaat bilan çiqqan. Uning xatlariga javob faqat Qamaşi IIBga kelib tuşavergan.

Bundan taşqari tomonlar tortişuvidan söng otalikni aniqlaş böyiça DNK ekspertizasi ham ötkazilgan. Natijaga 99 foiz bolaning otaligini körsatgan.

Mazkur holat yuzasidan jurnalistik suriştiruv natijasiga köra Qamaşi tuman IIB huzuridagi tergov bölimi tergovçisi A. Nosirov voyaga yetmagan bola N.A. jinoyat sodir qilgan vaqtida jinoiy javobgarlikka tortiş mumkin bölgan yoşga tölmaganligi sababli ayblilik masalasi hal qilmasdan turib jinoyat işi tugatilganini maʼlum qilgan.

×