“Özbekiston Temir yöllari” AJ hamda Rossiyaning “Metrovagonmaş” AJ uşbu yilning aprel oyida imzolagan şartnomaga muvofiq, Toşkent metropoliteni yangi qurilayotgan yer usti yöllari uçun yangi avlod metro vagonlari yetkazib beradi, ÖTY xabarigaasosan.
Özbekiston uçun möljallangan vagonlar zavodda milliy bayroq bilan bezatilgan körinişda bölmoqda. Ayni damda birinçi 3ta sostav vagonlari tayyor böliş arafasida turibdi: kuzov işlari bitirilgan, elektrodvigatel va pnevatik uskunalar örnatilgan. Daslabki partiya Özbekistonga yaqin orada yetkazib berilişi kerak, deyilgan xabarda.
Uşbu metro vagonlari 81-765/766/767 - seriyaga mansub bölib, ular elektr energiyasini 35%gaça tejaş imkonini beradi. Vagonlarda örnatilgan uçinçi avlod asinxron dvigatellar – 40 %gaça elektr tejaş imkoniga ega.
Eski vagonlarga nisbatan ularning yana bir qulayligi – vagonlar orasida bir-biriga ötiş imkoni borligidir. Şuningdek vagonlar taşqariga oçiladigan qulay eşiklar, konditsioner, ventilyatsiya hamda isitiş tizimlari va videokameralar bilan jihozlanganidir.
Yangi metro vagonlarini sotib olişda Özbekiston Temir yöllari Rossiya VTB bankining keditlari hamda Özbekiston taraqqiyot va qayta quriş fondi hamda davlat byudjeti mablağlaridan foydalanilgan









