Afğoniston Rossiyadan gaz va neft sotib olmoqçi

Afğoniston Rossiyadan gaz va neft sotib olmoqçi

Afğonistonning Moskvadagi muvaqqat işlar vakili Jamol Nosir Garvalning aytişiça, mamlakat Rossiyadan gaz va neft sotib oliş böyiça aniq şartnomalar imzolamoqçi. Bu haqda RIA Novosti xabar berdi.

Garvalga köra, ayni damda Moskva va Kobul örtasida biznes sohasida muzokaralar olib borilmoqda. Afğoniston tomoni iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirişni xohlaydi.

“Muayyan sohalarga kelsak, biz yoqilği, gaz sotib olişdan manfaatdormiz, bu birinçi navbatda bizning mamlakatimizga kerak. Şuning uçun Afğoniston va Rossiya örtasida kelişuvlarga erişiş va aniq şartnomalarni imzolaşga qatʼiy qaror qildik”, deydi diplomat.

“Tolibon” (*terrorçilik faoliyati uçun BMT sanktsiyalari ostida) tomonidan tayinlangan Jamol Nosir Garval aprel oyida, Rossiya Taşqi işlar vazirligi unga rasmiy akkreditatsiya berganidan keyin Moskvada iş boşlagan.

×