Ijtimoiy tarmoqlarda Toşkent şahrining Yakkasaroy tumani Salar köçasi Dilbuloq mahallasida joylaşgan köp qavatli uylar hududida yer çökişi yuzaga kelgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan poytaxt Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasi maʼlumot berdi.
Qayd etilişiça, mazkur hududdagi quriliş işlari “Lyuks loyiha” MÇJ tomonidan işlab çiqilgan loyiha hujjatlari asosida amalga oşirilmoqda. Loyiha uçun “Arxitektura va şaharsozlik kengaşi” işçi organi hamda “Şaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKning ijobiy xulosalari olingan.
Quriliş obʼektining A bloki Toşkent şahar Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat qiliş inspektsiyasidan belgilangan tartibda röyxatdan ötgan. Şu kunga qadar inspektsiya tomonidan obʼektda 10 marta monitoring ötkazilib, 11 ta yozma körsatma berilgan. Şuningdek, quriliş meʼyor va qoidalariga rioya qilinmagani sababli buyurtmaçi 2 marotaba maʼmuriy javobgarlikka tortilgan.
Biroq, inspektsiya loyihaning G4 bloki böyiça vaziyat boşqaça ekanini maʼlum qilgan. Uşbu blok “Arxitektura va şaharsozlik kengaşi”dan ijobiy xulosa olgan bölsada, “Şaharsozlik hujjatlari ekspertizasi” DUKdan xulosa olinmagan. Şu bois mazkur blok inspektsiyada röyxatdan ötmagan va quriliş işlari noqonuniy boşlangan. Holat yuzasidan inspektsiya tomonidan tegişli tartibda huquqni muhofaza qiluvçi organlarga maʼlumot berilgan.
Şuningdek, örganiş jarayonida buyurtmaçi “Özkommaişiysavdo” MÇJ tomonidan G4 blok uçun kotlovan qaziş işlari olib borilayotganda hududdagi elektr transformatorida nosozlik yuzaga kelgani aniqlangan. Şu sababli kotlovandagi sizot suvlarini çiqariş imkoni bölmagan, oqibatda suv darajasi kötarilib ketgan. Buning ortidan esa qöşni “Grand Capital” MÇJ tomonidan ilgari qurilgan yerosti avtomaşina turarjoyining qayta kömilgan joylarida tuproq siljişi yuz berib, sirpanişga sabab bölgan.









