Bugun, 8 yanvar kuni soat 11:00 atrofida Namangan viloyatining Davlatobod tumanidagi Şimoliy Farğona kanali ustida qurilayotgan köprik qulab tuşgan. Hodisa oqibatida qurbonlar yoki jabrlanganlar bölmagan. Bu haqda viloyat hokimligi Matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, uzunligi 37 metr, eni 3 metr bölgan va piyodalar qatnovi uçun möljallangan köprik mahalliy tadbirkor tomonidan “Ön bir Ahmad” ziyoratgohiga keluvçilar uçun qulaylik yaratiş maqsadida barpo etilayotgan bölgan. Buning uçun davlat byudjetidan mablağ sarflanmagan.

“Namangan köpriklardan foydalaniş” unitar korxonasi rahbari Sanjarbek Şodmonovga köra, köprik Tadbirkor Maʼrufxon Hojixonovning taşabbusi va şaxsiy mablaği hisobidan qurilayotgan, hali yakuniga yetmagan bölgan.
Tadbirkorning aytişiça, köprikning montaj işlari töliq yakunlanmagan, ikki tomoniga yana tros va temir örnatiladi. Bularning barçasiga ikki hafta atrofida vaqt talab etiladi. Şundan söng köprik avvalgi joyiga mustahkam etib örnatiladi.
Manba: Qalampir.uz









