Bugun, 12 dekabr kuni Toşkent şahrining Yakkasaroy tumanida yangi qurilayotgan binoda yonğin sodir böldi. Bu haqda poytaxt Favqulodda vaziyatlar boşqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinişiça, soat 01:50 da tumanning Imom Al-Termiziy köçasida yangi qurilayotgan ikki qavatli binoda yonğin röy bergani töğrisida FVBga xabar tuşgan.
Şunga köra, qutqaruv ekipaji soat 01:54 da voqea joyiga yetib borib, yonğin soat 02:11 da qurşab olinib, soat 02:19 da öçirilgan.
Bildirilişiça, yonğin oqibatida tan jarohati olgan fuqarolar yöq. Hozirda hodisa sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.









