Telegramda “Jihodçilar” oqimi faol aʼzosining maʼruzalarini tarqatgan qöqonlik yigitga jazo tayinlandi

Telegramda “Jihodçilar” oqimi faol aʼzosining maʼruzalarini tarqatgan qöqonlik yigitga jazo tayinlandi

Qöqonda yaqinlariga “Jihodçilar” oqimi faol aʼzosining maʼruzalarini tarqatgan tadbirkor yigitga jazo tayinlandi. Bu haqda Farğona viloyati prokuraturasi bölim boşliğining örinbosari Şerali Toşboltayev maʼlum qildi.

Qöqonlik tadbirkor 25 yoşli Abdusalim Hamidov (ism-familiyalar özgartirilgan) 2017 yilda telegramda öz profiliga ega böladi. Şu tariqa 2018 yil dekabr oyida “Salovatlar” nomli guruhi aʼzo böladi. 2019 yil 15 fevral kuni esa kanalda “Jihodçilar” ekstremistik oqimining faol aʼzolaridan biri Abdulloh domlaning “Jannatga oşiqlar” nomli maʼruzasini öziga yuklab olib uni 11 nafar sinfdoşi hamda 14 nafar tanişiga tarqatadi.

Toşboltayevning maʼlum qilişiça u öz aybini töliq tan olib guvohlar, sinfdoşlari va tanişlarining körsatmalari bilan aybi tasidqlangan. Sud tomonidan unga 4,5 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlandi.

×