Aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan maʼruzalarini tinglagan va tarqatgan fuqaroga jinoyat işi qözğatildi

Aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan maʼruzalarini tinglagan va tarqatgan fuqaroga jinoyat işi qözğatildi

Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufarlarning maʼruzalarini tinglagan va tarqatgan fuqaroga jinoyat işi qözğatildi

Farğona viloyatida yaşovçi, 1998 y.t. “R.Ş.” özining uyali telefonidagi “Telegram” messenjerida akkaunt yaratib, u orqali diniy mavzuga ixtisoslaşgan kanallarga aʼzo böladi, deb yozmoqda ÖzA.

Söngra uşbu kanallarda joylaştirilgan xalqaro terroristik taşkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning ğoyaviy rahnamolari bölgan Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boşqalarning “jihod”ga çorlovçi maʼruzalarini hamda “Turkiston islom harakati” terroristik taşkilotiga tegişli audio-videomateriallarni yuklab oladi. Şuningdek, ularni Qöqon şahrida yaşovçi tanişlariga ham tarqatadi.

DXX xodimlari ötkazgan tezkor tadbirda mazkur şaxs qölga olinib, uning mobil telefoni protsessual tartibda rasmiylaştirib olindi.

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömitaning ekspertiza xulosasiga köra, “R.Ş.”ning telefon apparati xotirasida saqlangan materiallar aqidaparastlik ğoyalari bilan yöğrilgan bölib, ularni Özbekiston Respublikasi hududiga olib kiriş, tayyorlaş va tarqatiş taqiqlanadi.

Hozirda mazkur şaxsga nisbatan qözğatilgan jinoyat işi doirasida uning maslakdoşlarini aniqlaş böyiça ham tegişli çora-tadbirlar körilmoqda.

×