Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq mamlakat iqtisodiyotining negizini turli şakldagi mulk taşkil etadi. Mulk huquqi daxlsiz hisoblanadi va davlat tomonidan qöriqlanadi, unga nisbatan har qanday tajovuz qonunga zid deb topiladi.
Öğrilik jinoyati,talon-toroj qiliş jinoyatining şakllaridan birisifatida, uning boşqa turlaridan jinoiy qilmişni sodir etiş usuli bilanfarq qiladi. Özbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining “Özgalarmulkini öğrilik, talonçilik va bosqinçilik bilan talon-toroj qiliş jinoyatişlari böyiça sud amaliyoti töğrisida”gi Qarorida “Jabrlanuvçining yokiboşqalarning yöqligida yoki ular bor bölsada, ularga bildirmasdan özganingmol-mulkini yaşirin talon-toroj qiliş öğrilik hisoblanişi tuşuntiribötilgan.
Sud amaliyoti şuni körsatadiki, özganing mulkini yaşirin ravişda talon-toroj qiliş yoki öğrilik iqtisodiyot sohasidagi eng keng tarqalgan jinoyatlardan biri hisoblanadi. Aybdor qonunga xilof va yaşirin ravişda yaʼni boşqa şaxslardan yaşirin holda mulkdorning xohiş-irodasiga qarşi özganing mulkini özlaştiradi va uni özining mulki sifatida tasarruf eta boşlaydi.
Keyingi vaqtlar olib borilayotgan tarğibot taşviqot işlariga qaramay öğirlik jinoyati ortib borayotgani körinadi, 2021 yil davomida Jinoyat işlari böyiça Yangiqörğon tuman sudi tomonidan 37 şaxsga nisbatan 29 öğirlik jinoyati oid işlar körib çiqilgan. Bu 2020 yilga nisbatan 22 taga oşgan.
Şu örinda bir misolga eʼtibor qaratsak.
Ayni qirçillama yoşida öğirlikni öziga kasb qilganlar haqida eşitsang, “nahot, otalik, farzandlik burçini bajarişni öylamadi yoki ota-onasining, yaqinlarining yuzini yerga qaratişdan uyalmadi?” degan öy keladi xayolingga.
Sudlanuvçi K.Qodirov (ismlari özgartirilgan) foydali iş bilan şuğullaniş örniga öziga öğirlikni kasb qilib oldi.
2021 yil yanvar oyida K.Qodirov fuqaro A.Yoqubovning yaşaş xonadoniga darvozasi oçiq turganidan foydalanib, ğayriqonuniy ravişda kirib, uning darvozaxonasida töxtab turgan “Damas” avtomaşinasining bardaçogida bölgan 1.045.000 söm naqd pullarni va darvozaxonasida bölgan bozor narxi 900.000 sömlik 2 dona qopdagi loviya mahsulotlarini öğirlab, ketib loviyalarni nomaʼlum şaxslarga sotib yuborib pulini öz ehtiyoji uçun işlatib yuborgan.
Unga bu işini göyoki heç kim suriştirmayotgan körindi. Oson pul topiş yoqib qolganidan K.Qodirov13 yanvar kuni Yangiqörğon tumani, “Gulşan” MFY hududida joylaşgan fuqaro A.Maşrabovga tegişli avtomaşinalarni ehtiyot qismlarini sotiş dökonidan bozor narxi 700.000 sömlik ehtiyot qismlarini öğirlab, Namangan şahriga olib kelib sotib yuborgan.
Qarasaki hamma iş xamirdan qil suğirganday bölyapti. Bu safar u kattaroq narsani qölga kiritişni xohlab, 14 yanvardan 15 yanvarga ötar keçasi fuqaro X.Tursunovning yaşaş xonadoni oldida turgan “Damas” rusumli, avtomaşinasini olib qoçişga urinadi. Avtomobilni oyna qismini oçib maşinani oçadi va avtomaşinani yurgizmasdan 50-60 metr masofaga surib boradi. Keyin atrofda heç kim yöqligiga işonç hosil qilgaç avtomaşina zamok qismini buzib simlarni bir-biriga ulab yurgizmoqçi böladi. Ammo uning bu harakati amalga oşmaydi. Şundan söng avtomaşinaning bardaçogida bölgan 36.000 söm pullarni öğirlab, aatomaşinani joyida qoldirib, yaşirinadi.
Barça jabrlanuvçilar öğirlik sodir etilgan kuning özida huquqni muhofaza qiliş idorasiga ariza bilan murojaat qilişgandi. K.Qodirov suriştiruv olib borilayotganini eşitib qolib, qoçib ketadi, şundan söng unga nisbatan qidiruv eʼlon qilinadi.
Olib borilgan suriştiruv va qidiruv işlari natijasida 2021 yil sentyabr oyida K.Qodirov qölga olinib, unga nisbatan qamoq ehtiyot çorasi qöllaniladi.
K.Qodirovga Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi va 267-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib jinoyat işini körib çiqiş uçun sud yuborilgan.
Sudda K.Qodirov aybiga qisman iqror bölib, qilgan işidan puşaymonligini aytgan bölsada, ammo jabrlanuvçilarga yetkazilgan zararlarni qoplaş uçun imkoniyati yöqligini aytgan.
K.Qodirov Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 3-qismi “a” bandi, 267-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topilib, uşbu kodeksining 59-moddasi 3-qismi tartibida tayinlangan jazolarni qisman qöşiş yöli bilan uzil-kesil ötaş uçun 5 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Xulosa qilib aytganda, bu hayotda heç kim jinoyatçi bölib dunyoga kelmaydi. Har qanday ota-ona farzandining ulğayib, oila qurib şirin taşvişlar bilan yaşaşini istaydi. Afsuski, turli bahonalar qilib, öğirlikka qöl urayotgan, özgalar mulkiga köz olaytirayotganlarning oramizda borligi açinarli holat.
Bunday jinoyatlarni oldini oliş borasida sudlar tomonidan nafaqat tarğibot işlari, balki bu yildan öğirlik jinoyatni bilan bohliq sud işlarini sodir etgan şaxslar yaşaydigan MFYlarda va jinoyatçilik oşgan mahallarda sayyor sudlarni ötkazişni yanada köproq taşkil etib, jinoyatning salbiy oqibatlari tuşuntirişni maqsad qilib oldik.
Şuxratjon Qurbonov,
jinoyat işlari böyiça Yangiqörğon tuman sudining raisi









