Oila inson uçun mukaddas va uluğ dargoxdir. Inson anaşu dargoxda tuğiladi, ösadi, unadi, voyaga yetadi. Oilani mamlakatning kiçik bir muʼtabar parçasi deb qiyoslaş mumkin. Inson bolalikdan voyaga yetgunga qadar ota-ona yoki uning örnini bosuvçi şaxs tarbiyasida böladi. Bola voyaga yetgaç, özi mustaqil oila quradi. Odam qaysi oilada bölişidan katʼiy nazar, unga sadoqatli bölib qolişi zarur. Ayniqsa, oila aʼzolarining öz xonadoniga sodiq bölib kolişi bilan bir qatorda, şu oilaning or- nomusi uçun kuraşmoği, şaʼniga doğ tuşurmay yaşamoği lozim.
Afsuski, oramizda oilaga nisbatan bepisand munosabatda böluvçilar ham uçrab turadi. Şuning uçun ham keyingi paytlarda oilaviy ajrimlar va mojarolarning ortgani oilaviy anʼanalarning özgarib ketayotgani köpçilikni öylantirib qöymoqda.
Baʼzan oilalarning darz ketişi, oilaviy mojarolarda bir-birining hayotiga yoki soğliğiga tajovur qilib mudxiş oqibatlar bilan yakun topayotgani kişini larzaga keltiradi.
D.Nodirova 2001 yildan B.Nazarov (ismlar özgartirilgan) bilan şarʼiy nikohdan ötib, Mingbuloq tumanida bir oila bölib yaşab kelgan. Oilada uç nafar farzand unib ösayotgan bölsada, afsuski, er-xotin örtasidagi oilaviy munosabatlardagi kelişmovçiliklar ijobiy tomoniga özgarmaydi. B.Nazarovning tabiati oğir bölib, oddiy ustaçilik bilan şuğillanib kelgan. Ammo uning bir kamçiligi bor edi. Köpinça u spirtli içimlik içib qöyardi. Şuni ortidan D.Nodirova turmuş örtoğiga “katta pul topmaysan, men ham odamlarga öxşab yaxşi yaşagim keladi” deb juda köp janjal çiqarib kelgan.
2021 yilning fevral oyida B.Nazarov doimgidek yana spirtli içimlik isteʼmol qilib, mast holatda kelganligi uçun özaro janjal kelib çiqib, B.Nazarov yaşaş xonadoni deraza oynalarini qöli bilan urib sindirayotgan vaqtda B.Nodirova peçka oldida turgan ötin bilan B.Nazarovning öng yuz qismiga urgan. Bu zarbadan B.Nazarov gangib qolib, turmuş örtoğini yana urmoqçi bölib kelayotganini körib, xovliga qoçib çiqadi. B.Nodirova uni orqasidan xovliga çiqib qölidagi ötin boş qismiga urmoqçi bölganida, qöli bilan boşini tösib qoladi. Keyin köçaga çiqib ketib, IIB xodimlariga murojaat qiladi.
Olib borilgan suriştiruv tergov işlari natijasida B.Nodirovaga Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 105-moddasining 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatiladi.
Jinoyat işlari böyiça sud tomonidan uşbu jinoyat işi atrofliça körib çiqildi va sud B.Nodirovani Özbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksning 105-moddasi 1-qismi aybdor deb topib, ozodlikni çeklaş jazosi tayinlagan.
Bundan körinib turibdiki oiladagi nosoğlom muhit bois ayol öz eriga qöl kötardi. Çunki uzoq davom etgan oiladgi tortişuvlar va erning doimiy spirtli içimlik içib uyga kelişi ayolning tinkasini quritgani rost. Xöş bu örinda savol tuğiladi mahalla fuqarolar yiğini masʼullari nega bu oilani holidan xabar olmagan. Agar ular bu oiladagi muhitni yaxşilaş çorasini körganda balki bu holat kelib çimagan bölardi.
Davlatmirza Komilov
Namangan viloyat sudi jinoyat işilari böyiça sudlov hvayati sudyasi









