Endi şubhali guruhlardagi foydalanuvçilar ijtimoiy tarmoqdan umrbod blokirovka qilinmoqda

Endi şubhali guruhlardagi foydalanuvçilar ijtimoiy tarmoqdan umrbod blokirovka qilinmoqda

WhatsApp messenjeri ayrim guruhlarda aʼzo bölgan telefon raqamlarni umrbod blokirovka qilişni boşladi, deb yozmoqda Wabetainfo.

Naşr yozişiça, “zararli” alomatlari bölgan guruhlar haqida şikoyatlar kelmoqda.

“Qora röyxat”ga tuşişni bekor qiliş heç narsaga olib kelmayapti - WhatsApp blokirovka qilingan foylanuvçilar xizmat qoidalarini buzgan deb javob bermoqda.

Sönggi paytlarda WhatsApp tajovuzkorlik, ekstremizm, spam va soxta yangiliklarga qarşi faol kuraş olib bormoqda.

Ilgari, moderatsiyaning etarli emasligi sababli baxtsiz hodisalar sodir bölgan. Masalan, Hindistonda bu yil bir neçta fuqarolar bolalarni öğirlaş haqidagi tezkor xabarlar va ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan miş-mişlar sababli samosud qurboni bölişdi.

Hozirda WhatsApp noörin nomlari bilan atalgan guruhlarni qanday topayotgani nomaʼlumligiça qolmoqda. Qora röyxatga tuşmaslik uçun guruh çatlar nomini özgartiriş huquqi berilgan foydalanuvçilar doirasini çeklaş tavsiya etiladi.

×