Andijon viloyati Xonobod şahridagi Davlat xavfsizlik xizmati Çegara qöşinlariga qaraşli harbiy qismlaridan birini kuzatayotgan şubğali şaxs qölga olindi. Bu haqda Çegara qöşinlari Matbuot xizmati xabar berdi.
Harbiy qismdagi xizmatçilar xizmat faoliyatini olib borayotgan şubhali şaxsni payqagan va holatga aniqlik kiritiş maqsadida uni qölga olişgan. DXX va Içki işlar idorasi xodimlari bilan hamkorlikda xolislar iştirokida tintuv ötkazilgan.

Tekşiruv jarayonida bu şaxs 1993 yilda Qirğiziston Respublikasining Jalolobod şahrida tuğilgan Özbekiston Respublikasi fuqarosi bölgan A.E. ismli şaxs ekanligi maʼlum böladi. Uning yon çöntagida 4,4 gramm miqdorda marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.
Mazkur holat yuzasidan tegişli huquqni muhofaza qiluvçi organ xodimlari tomonidan tergovga qadar tekşiruv işlari olib borilmoqda.
Sunnatilla Abdullayev









