Şahar IIBB holat yuzasidan tekşiruv boşlagan. Erkak qölga olingan.
Avvalroq, ijtimoiy tarmoqlarda erkak kişi yoş bolani qölidan uşlab tortganligi va bola undan qoçib ketganligi aks etgan video tarqaldi. Toşkent şahar IIBB holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinişiça, joriy yilning 19 fevral kuni taxminan soat 12:35 larda Yaşnobod tumani Aviasozlar-2 dahasidagi 151-sonli umumiy örta taʼlim maktabida nomaʼlum şaxs şu maktab öquvçisi 2011 yilda tuğilgan M.O.ni töxtatib, qölidan uşlab: “Şu maktabda tahsil olasanmi?”, deb söragan.
Voyaga yetmagan M.O. uşbu şaxsni tanimaganligi sababli u bilan gaplaşmasligini bildirib, qöyib yuborişini aytgan, söng uyiga ketgan.
Bola hozirda ota-onasining yonida soğ-salomat holatda. Mazkur holat yuzasidan Yaşnobod tumani IIO FMB tomonidan tergovga qadar tekşiruv ötkazilmoqda.
Örganişlar jarayonida videoda aks etgan şaxs 1994 yilda tuğilgan M.U. ekanligi aniqlangan. Tekşiruv yakuni böyiça qonuniy qaror qabul qilinişi taʼminlanadi.









