“Kirakaş” bosqinçilar uşlandi, şubhali taksi avtomaşinasiga ötirişdan ehtiyot böling!

“Kirakaş” bosqinçilar uşlandi, şubhali taksi avtomaşinasiga ötirişdan ehtiyot böling!

2020 yilning 4 dekabr kuni soat 23:30 da, 23 yoşli Aziz U., jinoiy şeriklari 25 yoşli Soxibjon O., va 34 yoşli Nodirjon K., lar bilan özaro jinoiy til biriktirib, bir guruhga birlaşib, uşbu guruhga rahbarlik qilib, jinoiy şerigi Nodirjon K.,ning boşqaruvidagi “Lacetti” rusumli avtomaşinada Uçtepa tuman 23–mavzesi böylab harakatlanib ketayotgan vaqtlarida yöl yoqasida taksi töxtatib turgan 31 yoşli Suyunjon X., ni Yaşnobod tuman Qöyliq bozori tomonga olib borib qöyişga kelişib, avtomaşinaga ötirganidan keyin, Suyunxon X.,ni spirtli içimlik taʼsirida mast holatda ekanligini bilib, uning avtomaşina içida uxlab qolganligidan foydalanib, uni odamlar qatnovi kam bölgan Sergeli tuman Toşkent halqa avtomobil yöli Pastdarğom mahallasida joylaşgan metro qurilişi olib borilayotgan hududdagi qoronği joyga olib borib, göyoki Aziz U., jinoiy şerigi Soxibjon O., bilan özaro tortişib qolib, örtalaridagi kelişmovçilikni hal etiş holatini sahnalaştirib, avtomaşinadan tuşgandan keyin, jinoiy şerigi Nodirjon K., fuqaro Suyunxon X.,ga “ular janjallaşib qolişdi, yuring ajratib qöyaylik, yordam berib yuboring”-deb, uni avtomaşinadan tuşirgandan keyin, jinoiy şerigi Nodirjon K., Suyunxon X.,ni orqasidan kelib, qasddan unga hujum qilib, uni öng çap yuziga qölining muşti bilan urib, yerga yiqitib, urib döpposlab, yuzi bilan yerga qaragan holatda yotqizib, qölini orqasiga qayirib, şimining orqa çöntagidan 350 ming söm pullari, 800.000 sömlik “Samsung J-5” rusumli uyali telefon apparati, qölidagi bahosi 3 mln. sömlik erkaklar tilla uzugi, egnidagi 320.000 sömlik kurtkasini hamda uning çöntagidagi 850 AQŞ dollari miqdoridagi pullarini bosqinçilik yöli bilan qölga kiritib, hodisa joyidan yaşiringanlar.

Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga köra, fuqaro Suyunxon X.,ga “yengil” tan jarohati yetkazilganligi aniqlangan.

Tergovga qadar tekşiruv jarayonida, Nodirjon K.,dan “Samsung J-5” rusumli uyali telefon apparati va Soxibjon O., dan esa bir dona erkaklar kurtkasi tegişli tartibda aşyoviy dalil tariqasida rasmiylaştirib olingan.

Mazkur holat yuzasidan Uçtepa tuman IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Aziz U., Soxibjon O., va Nodirjon K., larga nisbatan Jinoyat kodeksining 164-moddasi 2-qismi “b” bandi (bosqinçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Dastlabki tergov jarayonida, Aziz U., Soxibjon O., va Nodirjon K.,lar jinoyat işida ayblanuvçi tariqasida işda iştirok etişga jalb qilinib, ularga nisbatan “qamoqqa oliş” tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

IIV huzuridagi Tergov departamenti

×