Toşkent şahar IIBB Matbuot xizmatining xabariga köra, joriy yilning 3 dekabr kuni taxminan soat 17.00 larda 1973 yilda tuğilgan V.I. Cobalt rusumli avtomobilni Zulfiyaxonim köçasida boşqarib ketayotib, piyodalar: 1991 yilda tuğilgan Z.P. va uning farzandi 2016 yilda tuğilgan K.M.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda Z.K. tan jarohatlari bilan kasalxonaning jonlantiriş bölimiga yotqizilgan. Farzandi K.M.ning ahvoli qoniqarli bölgani uçun tibbiy körikdan söng uyiga yuborilgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 1-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan. Tergov harakatlari davom etmoqda.









