Farğonalik erkak mahalladoş qizni dala maydonida öldirib, jasadni yoqib yubordi

Farğonalik erkak mahalladoş qizni dala maydonida öldirib, jasadni yoqib yubordi

Farğonada nonvoy mahallasidagi qizni dala maydonida öldirib, jasadni yoqib yubordi. Bu jinoyat Farğona viloyati IIB va Prokuratura idoralari xodimlari tomonidan tezkorlik bilan foş etildi.

Öta vahşiy qotillik ortidan Farğona viloyati Furqat tumanida tuğilgan, oilali, ikki nafar farzandi bor, novvoyçilik bilan şuğullanib kelgan A.X. (ismi-şarifi tahririyatga maʼlum)ga nisbatan Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi(JK)ning 97-moddasi 2-qismi “v,j” bandlari hamda 134-moddasi tartibida jinoyat işi qözğatildi.

Maʼlum bölişiça, A.X. Furqat tumani, “Qizil-Qiyoq” MFY markazida joylaşgannonvoyxonasiga kelgan yengil darajadagi aqliy zaif bölgan N.Y. bilan örtalaridagi işqiy munosabat tufayli janjallaşib, uni böynidan böğganida, şu yerda bölgan B.X. ularni ajratib qöyadi va şu payt piçoq bilan taşlangan N.Y.ni qölidan piçoqni tortib olib, bolta bilan peşona sohasiga bir marta urib, unga örtaça oğir şikast yetkazgan.

Şu voqealar ortidan A.X. şu mahallada istiqomat qiluvçi N.Y.dan butunlay qutuliş maqsadida uni öldirişni rejalaştirib, 1,5 litr yelim idişda benzinsotib olib, nonvoyxonasida işlatiladigan yoğoç sopli oşxona piçoği va 2 metrli kabel simini tayyorlab, nonvoyxonasi oldiga kelgan N.Y.ga 20.000 söm evaziga jinsiy aloqa qilmoqçi ekanini aytadi va şu mahalla hududidagi fermerxöjaligi dala maydonining xilvat joyiga uni aldab olib borgan.

Voqealar davomida qöliga qölqop kiygan A.X., N.Y.ni yotqizib, uning oyoqlarini sim bilan boğlaydi va soçidan uşlab olgan holda boşini tepaga tortib, oşxona piçoği bilan böynidan vena tomirini kesadi.

A.X. öta şafqatsizlik bilan N.Y.ni qasddan öldirib, jinoiy harakati foş bölişining oldini oliş maqsadida özi bilan olib borgan benzinni jasadning ustidan sepib, yoqib yuborib, murdani tahqirlagan.

×