Dahşat! Erkak xolasi va jiyanini öldirib, jasadlarni yoqib yubordi

Dahşat! Erkak xolasi va jiyanini öldirib, jasadlarni yoqib yubordi

1 iyun kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida erkak öziga yaşaş uçun uyidan joy bergan qarindoşlari bölgan ona va bolani vaxşiylarça öldirdi. Bu haqda QALAMPIR.UZ’ga Boş prokuratura Matbuot xizmati xabar berdi.

Maʼlumotga köra, Boyovut tumani IIB navbatçilik qismining soat 05:00 larda bergan xabariga köra, 1 iyun kuni soat 03:30 larda Boyovut tumani, “Sarmiç” MFY, Fitrat köçasi, 23-uyda yaşovçi 10.10.1991 yilda tuğilgan fuqaro H.I. özi bilan birga yaşab kelgan 10.05.1993 yilda tuğilgan xolasini öğli (bölasi) fuqaro Ç.N. bilan uy-joy nizosi böyiça bölgan özaro kelişmovçilik negizida janjallaşib qolib, uni böğib qasddan öldirgan.

Şundan söng, fuqaro H.I. özining jinoyatini qasddan yaşiriş maqsadida xonadon içkarisida uxlab yotgan xolasi 14.09.1958 yilda tuğilgan fuqaro T.O.ni ham qasddan böğib öldirib, söngra murdalarni xonadon molxonasiga olib kirib, ustilariga körpa-töşaklar va somon taşlab yoqib yuborgan.

Marhum Ç.N. va T.Q.ning ölimi holati yuzasidan sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Mazkur holat yuazsidan 1 iyun kuni Boyovut tumani prokurori tomonidan fuqaro H.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilib, JPKning 221-moddasi tartibida uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Boyovut tumani prokuraturasi tomonidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

×