Toşkent şahar IIBB ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari tomonidan içki işlar xodimi yöl harakat qoidasini buziş holatlari videosi joylanişi va qoidabuzarlarga qanday çoralar qöllangani haqida munosabat bildirdi.
31 oktyabr kuni soat 15.42 da Nodir Temirov ismli foydalanuvçi “Voditeli Taşkenta (DRIVERS.UZ)” guruhida xabar qoldirdi: videoregistratorda qayd qilinişiça, şu kuni ertalab xizmat davlat raqamiga ega “Neksiya-3” rusumli avtomobil Çoştepa köçasidan harakatlanib, oqimdagi transport vositalariga xalal bergan.
Uşbu harakat bilan Yöl harakati qoidalarining 53-bandi, yaʼni “Haydovçi harakatlanişni boşlaş, yönalişni özgartiriş (qayta tiziliş, buriliş, qayrilib oliş, quvib ötiş va aylanib ötiş) va töxtaşdan oldin bajarilayotgan manyovr xavfsiz ekanligiga va boşqa harakat qatnaşçilariga xalaqit bermasligiga işonç hosil qilişi kerak” qoidasi buzilgan. Uşbu maʼlumot bir neçta blogerlar va OAVlar tomonidan ham eʼlon qilindi.

“Neksiya-3” rusumli avtomobil (davlat raqami 01 067 VSC) Şayxontoxur tumani içki işlar bölimiga biriktirilgan. Bunday harakatlanişga sabab (misol uçun, zarur çaqiruv, huquqbuzarlik va hokazo) bölmaganligi aniqlandi. Avtomobilni boşqargan xodimga nisbatan keyingi kun soat 07:50 da Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-5-moddasiga muvofiq maʼmuriy huquqbuzarlik haqidagi bayonnoma rasmiylaştirilgan. Unga köra, transport vositalari haydovçilarining avariya holati yuzaga kelişiga sabab bölgan, yaʼni yöl harakatining boşqa qatnaşçilarini tezlikni, harakat yönalişini keskin özgartirişga yoki öz xavfsizligini yoxud boşqa fuqarolarning xavfsizligini taʼminlaş uçun özga çoralarni körişga majbur qiluvçi huquqbuzarlikni sodir etişi, – eng kam iş haqining ön baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi.
Xuddi şu kabi çoralar boşqa holatga nisbatan ham qöllanildi. Poytaxt Uçtepa tumani maxsus inspektsiyasi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari xabarini qayd etişdi. Yaʼni: 29-oktyabr kuni soat 18:08 da Lolita Shah ismli foydalanuvçi yuqoridagi guruhda videomaʼlumot qoldirgan edi, unda “Neksiya-3” avtomobili (davlat raqami 01 158 VSC) Farhod va Lutfiy köçalari kesişmasidagi svetoforning taqiqlovçi signalini mensimasdan harakatlangan.

Uşbu avtomobil Uçtepa tumani IIO FMBgak biriktirlgan bölib, uni boşqargan xodimga nisbatan Özbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 128-4-moddasi ikkinçi qismi böyiça maʼmuriy bayonnoma tuzildi. Unga köra, Transport vositalari haydovçilarining svetoforning taqiqlovçi signaliga yoki yöl harakatini tartibga soluvçining taqiqlovçi işorasiga böysunmasdan ötişi, – eng kam iş haqining ikki baravari miqdorida jarima solişga sabab böladi. Haydovçi bilan birofilaktik suhbat ötkazildi.









