“Qamçiq” tomon harakatni çeklaş uçun Toşkent viloyatida postlar taşkil etildi

“Qamçiq” tomon harakatni çeklaş uçun Toşkent viloyatida postlar taşkil etildi

“Qamçiq” dovoniga harakatni vaqtinçalik çeklaş uçun Toşkent viloyatining ayrim hududlarida postlar taşkil etildi. Bu haqda IIV Jamoat xavfsizligi departamentining Yöl harakati xavfsizligi xizmati maʼlum qildi.

Qayd etilişiça, quyidagi 5 ta hududda postlar taşkil etildi:

•  A-373 avtomobil yölining 107-kilometrida (Piskent tumani, “Murotali” MFY);

•  A-373 avtomobil yölining 131-kilometrida (Ohangaron tumani, Beskostin çorrahasi);

•  A-373 avtomobil yölining 137-kilometrida (Ohangaron şahri, Rohat kafesi);

•  A-373 avtomobil yölining 180-kilometrida (Angren şahar, Angren terminali oldi);

•  A-373 avtomobil yölining 183-kilometrida (Angren şahridan çiqiş).

Şuningdek, “Qamçiq” dovoni avtomobillar harakati uçun vaqtinça yopilgani munosabati bilan yölda qolib ketgan yölovçilarga maxsus reys orqali poyezd qatnovi yölga qöyilgan.

Taʼkidlanişiça, dovonning qor qatlami yiğiladigan joylari holati mustahkam emas, köçki xavfi mavjud. 

Avvalroq, “Toşkent-Vodiy” yölining 6 ta joyida toş-tuproq öpirilib tuşgani haqida xabar bergan edik.

×