Bu haqda Intellektual mulk agentligi matbuot xizmati xabar bergan.
Qayd etilişiça, bundan bir oy oldin Mualliflik va turdoş huquqlarni himoya qiliş jamiyati «Nasafiy» Özbekiston xalq artisti Şerali Jörayev ijrosidagi «Qora közli sanamjon» nomli qöşiqni va şeʼrini muallifning roziligisiz asar yaxlitligini buzgan holda ijro etib, uni internet tarmoqlariga joylaştirgan holda moddiy manfaat körib kelgani haqida Intellektual mulk agentligiga murojaat qilgan. Şundan söng agentlik mazkur holat yuzasidan sudga Maʼmuriy bayonnoma kiritgan.
«Natijada Sud Nasafiyni Maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 177(1)–moddasi 1-qismida nazarda tutilgan maʼmuriy huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topib, bazaviy hisoblaş miqdorining 3 baravari yaʼni 669.000 ming söm miqdorida jarima jazosi tayinlagan.
Şu örinda qöşiqçini jarimaga tortişni nima keragi bor, hamma bir birini qöşiğini aytyapti degan eʼtirozlar paydo bölişi tabiiy. Aslida mualliflik huquqi ana şunday himoya qilinadi. Tasavvur qiling, şaxsiy avtomaşinangizni özga bir şaxs sizning ruxsatingizsiz öz manfaati yölida foydalandi va undan moddiy foyda oldi. Albatta siz bu kabi holatga şunday qarab turmaysiz. Egalik huquqingizni talab qilasiz. Qöşiq ham xuddi şunday muallifning şaxsiy mulki hisoblanadi. Kimdir undan foydalansa, albatta mulk egasidan ruxsat olişi kerak böladi.
Maʼlumot uçun xorijiy davlatlarining qöşiqçilari orasida ham bu kabi holatlar uçrab turadi va ularga nisbatan katta jarima qöllaniladi. Britaniyalik qöşiqçi George Harrison'ning qöşiq kuyida «The Chiffons» guruhining qöşiğidagi kuy bilan öxşaşlik bölgan. Natijada Harrison sud qarori bilan 587.000 AQŞ dollari miqdorida jarimaga tortilgan», deyiladi xabarda.









