Namanganda bir sutkada 85 fuqaro karantin qoidalarini buzgani uçun jarimaga tortilgan — Şohrux Ğiyosov

Namanganda bir sutkada 85 fuqaro karantin qoidalarini buzgani uçun jarimaga tortilgan — Şohrux Ğiyosov

Özbekistonda karantin çeklovlarini buzayotganlarni jarimaga tortiş boşlandi

16 mart kuni kuni respublika böylab karantin qoidalariga amal qilmagan 400 nafar fuqaroga nisbatan maʼmuriy jarimalar rasmiylaştirilgan. Bu haqda IIV axborot xizmati rahbari Şohrux Ğiyosov xabar berdi.

Özbekistonda bir kunda 400 kişi karantin qoidalarini buzgani uçun jarimaga tortildi

16 mart kuni Içki işlar vazirligining tegişli bölinmalari tomonidan karantin qoidalariga amal qiliş holati örganilgan. Reydlar respublikaning barça hududlarida ötkazilgan.

«Mamlakatimizda yana koronavirus bilan kasallaniş körsatkiçlari köpaya boşlagani sababli 16 martdan boşlab aholi örtasida karantin qoidalariga rioya qilişni kuçaytiriş maqsadida içki işlar organlari tomonidan tarğibot işlari qayta yölga qöyildi. Xodimlarimiz jamoat joylarida, aholi yaşaş punktlarida maxsus xizmat maşinalarida va yayov yurgan holda odamlarni karantin qoidalariga eʼtiborli bölişga, niqob taqib yurişga çaqirişmoqda.

Birinçi kuni yurtdoşlarimizni asosan ogohlantiriş bilan çeklandik. Faqatgina karantin çeklovlarini qöpol ravişda buzayotgan, kasallikka çalingani uçun uy karantiniga olinganiga qaramay, yaşaş joyidan çiqib ketgan aholi vakillari, bundan taşqari, bir neça marta ogohlantirilgandan keyin ham karantin qoidalariga amal qilmaganlar, asosan xizmat körsatiş sohasi vakillari, jumladan, gözallik salonlari işçilari, bozor va dökonlardagi sotuvçilar jarimaga tortilmoqda.

Ötgan sutka davomida Farğona viloyatida 156, Namangan viloyatida 85, Samarqand viloyatida 65, Toşkent şahrida 60, Toşkent viloyatida 24, Buxoro viloyatida 7, Navoiy viloyatida 3 kişi maʼmuriy jazo olgan», deya Şohrux Ğiyosovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

IIV masʼulining taʼkidlaşiça, 16 mart kuni jarimaga tortilganlardan beş barobar köproq fuqarolar karantin qoidalariga amal qiliş töğrisida ogohlantirilgan, ular bilan bu borada tuşuntiriş işlari olib borilgan.

×