Özbekistonda havo keskin sovib ketadi — Özgidromet

Özbekistonda havo keskin sovib ketadi — Özgidromet

3-5 noyabrda Özbekiston hududiga Ğarbiy Qozoğiston orqali Ural rayonlari (Yekaterinburg) ustida şakllangan sovuq va nam havo oqimi kirib keladi.

3 noyabrda Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatida ayrim joylarga yomğir yoğadi. 4 noyabrda respublika böyiça yomğir, ayrim joylarda kuçli yomğir yoğadi. Qoraqalpoğiston va Xorazm viloyatida yoğingarçilik bölmaydi.

Şamolning tezligi kuçayib, soniyasiga 18-23 metrgaça, şiddat bilan esganda 25-28 metrgaça yetişi kutilmoqda.

4-5 noyabrda respublika böyiça havo harorati keçasi 0-5 daraja iliqqaça tuşib ketadi, ayrim joylarda 1-2 daraja sovuq bilan ayoz kuzatilişi mumkin. Kunduzi harorat 8-13 darajagaça iliq, mamlakat şimolida harorat keçasi 3 daraja sovuqdan 2 daraja iliqqaça, kunduzi 3-8 darajagaça iliydi.

×