Özgidromet xabariga köra, bugun 27 noyabr kuni Özbekiston hududining katta qismida quruq va juda iliq bölgan ob-havo saqlanib turadi, havo harorati +20...+25 daraja iliq böladi.
28 noyabrda faqat Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatining baʼzi joylarida biroz yomğir yoğadi. Şimolda va çöl hududlarning baʼzi joylarida şamol tezligi soatiga 15-20 m/s gaça kuçayişi mumkin.
29 noyabrda şimol-ğarbiy hududlaridan nam havo oqimi kirib kelişi va respublika hududining katta qismida tarqalişi kutilmoqda. Respublika hududining baʼzi joylarida yomğir yoğadi, şamol kuçayadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va Farğona vodiysi viloyatlarida yoğingarçilik kutilmaydi.
30 noyabrda yomğir faqat Farğona vodiysi viloyatlarida yoğadi, boşqa hududlarda yoğingarçilik kutilmaydi. 1 dekabrda butun hudud böylab quruq ob-havo kuzatiladi.
29 noyabrdan havo harorati pasayişni boşlaydi va iş haftasining ikkinçi yarmida keçasi +2...+7 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja iliq, Respublika şimol hududida keçasi 0...-5 daraja sovuq, kunduzi +5...+10 daraja iliq böladi.
Poytaxtda bugun va ertaga yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat kundizi +21...+24 daraja böladi.
29 noyabrda vaqti- vaqti bilan yomğir yoğadi. Harorat +15...+17 daraja iliq böladi.
30 noyabr va 1 dekabrda yoğingarçilik kutilmaydi. Havo harorati keçalari +2...+7 daraja iliq, kunduzi +10...+15 daraja böladi.









