Özbekistonda dam oliş kuni ob-havo keskin sovuşi kutilmoqda

Özbekistonda dam oliş kuni ob-havo keskin sovuşi kutilmoqda

Yakşanba kuni Özbekiston hududining katta qismida ob-havoning keskin özgarişi kutilmoqda, deb xabar berdi “Özgidromet”.


Maʼlum qilinişiça, 26 avgust, şanba kuni respublikaning şimoli-ğarbiy hududlariga Rossiyaning janubiy hududlaridan nam va salqin havo massalari kirib kelişi boşlanadi. Qoraqalpoğiston Respublikasi, Xorazm viloyatida va kunning ikkinçi yarmida Buxoro, Navoiy viloyatlarida baʼzi joylarda qisqa muddatli yomğir yoğişi, momaqaldiroq bölişi mumkin.

Respublikaning qolgan hududlarida 26 avgustda quruq ob-havo saqlanib turadi, harorat 33-36 daraja böladi.


27—28 avgust kunlari nam va salqin havo massalari kirib kelişi Özbekistonning barça hududlarini qamrab oladi. Barça joylarda bulutlilik kuçayişi kutilmoqda, respublikaning köpçilik viloyatlarida vaqti-vaqti bilan momaqaldiroq bilan yomğir yoğadi. Kunduzgi havo harorati 23-28 darajagaça pasayadi. Keçasi va ertalab havo bir oz salqinlaşadi. 28 avgustga kelib, keçasi harorat 13-16 darajagaça pasayadi.

Uşbu kunlarda şamol tezligi 17-22 metr/sekundgaça kuçayişi kutilmoqda, baʼzi joylarda 23-25 metr/sekundgaça kuçayişi, ayrim joylarda çang-tözon bilan kuzatilişi mumkin.

Respublikaning toğoldi va toğli hududlarida ob-havo özgarişi sezilarli böladi, bu hududlarda 27—28 avgust kunlari baʼzi joylarda kuçli yomğirlar yoğib ötadi. Kutilayotgan kuçli yomğirlar yoğişi hisobiga respublikaning toğoldi va toğli hududlarida 27—29 avgust kunlari sel-suv toşqini yuzaga kelişi mumkin.

Teglar:
×