Respublika Gidrometeorologiya xizmatiga maʼlumotiga köra, 23-26 fevralda Özbekiston hududiga Volga böyi orqali Rossiyaning (Moskva viloyati) Yevropa qismi hududlari ustida şakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.
23 fevralda respublika böyiça yomğir yoğadi, 24 fevralda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, toğ oldi va toğli hududlarda baʼzi joylarda kuçli böladi.
Havo harorati 24 fevralda keçasi va kunduzi 2-7° iliq böladi, 25-26 fevralda harorat keçalari 7-12° sovuqgaça, kunduz kunlari 2-7° sovuqgaça pasayadi.
Qoraqalpoğistonda, Xorazm viloyatida 23 fevralda yoğingarçilik (yomğir, qor) böladi, 24 fevralda yoğingarçilik kutilmaydi. 24-25 fevralda Qoraqalpoğistonda harorat keçalari 17-22° sovuqgaça, kunduz kunlari 10-15° sovuqgaça, Xorazm viloyatida keçalari 12-17° sovuqgaça, kunduz kunlari 5-10° sovuqgaça pasayadi.
23-25 fevralda baʼzi joylarda şamol 17-22 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda, baʼzida esa 25-28 m/s gaça kuçayişi mumkin.









