Bugun, 25 dekabr kuni Özbekiston hududlariga Eron hududlaridan iliq va nam havo massalari kirib kelişi boşlandi. Köpçilik viloyatlarda yomğir yoğadi. Respublikamizning şimoliy va janubi-şarqiy hududlarida yoğingarçiliksiz ob-havo saqlanib turadi.
Gidrometeorologiya xizmati markazi xabariga köra, havo harorati nihoyat dekabr oyining oxiridagi örtaça köp yillik qiymatlarga yaqinlaşadi va 7-10° iliqni taşkil etadi.
Biroq issiq uzoq vaqtga kelmadi. Ertaga, 26 dekabr kuni respublika hududlariga janubiy tsiklon kirişi boşlanadi, söngra Ural hududlaridan sovuq antitsiklon kirib keladi.
Respublika böyiça yomğir yoğadi, keçga tomon qorga aylanişi mumkin, faqat respublika şimolida va şimoliy hududlarning çekkasida yoğingarçilik kutilmaydi
Yakşanba kuni yoğingarçilik böladi, u sovuq fonda qor körinişida davom etadi. Respublikaning toğli hududlarida baʼzi joylarda kuçli qor yoğişi mumkin, qor köçişi xavfi saqlanib turadi.
Dam oliş kunlari harorat pasayadi va yakşanba kuni 3° sovuq -2° iliq atrofida böladi. Bu davrda keçasi va ertalab respublika böyiça baʼzi joylarga tuman tuşişi mumkin. Bugun va ertaga respublikaning ayrim hududlarida şamol 15-20 m/s gaça kuçayişi kutilmoqda.









